Og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatlarining mezbonlari aniqlandi
IWF Kongressidan so‘ng og‘ir atletika bo‘yicha oldindagi jahon chempionatlari qayerda o‘tishi maʼlum bo‘ldi.

Toshkentda o‘tgan Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasining Kongressidan so‘ng ushbu sport turi bo‘yicha yaqin yillar o‘tkaziladigan turli yoshdagi jahon chempionatlariga mezbonlik qiluvchi mamlakatlar eʼlon qilindi. Unga ko‘ra, bo‘lajak musobaqalar mezbonligi quyidagi davlatlarga berildi:
2023 yil:
O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati – Albaniya
Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati – Meksika
Kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati – Saudiya Arabistoni.
2024 yil:
O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati – Peru
Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati – Ispaniya.
2025 yil:
Kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati – Norvegiya.
Avvalroq, Olimpiya o‘yinlariga o‘zgartirish kiritilgani va Akbar Jo‘rayev jahon chempionligini qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







