Jamiyat

Shermat Yormatov vafot etdi

Zamon.uz' jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Shermat Yormatov vafot etdi

 

Uzoq yillar televidenimizda "Qo‘shig‘im – jon qo‘shig‘im" teleko‘rsatuviga mualliflik qilgan, minglab bolajonlarga musiqa san’ati sirlarini o‘rgatgan Shermat Yormatov vafot etdi. 

 

Shermat Yormatov 1939 Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida tavallud topgan. 1967 yilda Toshkent davlat konservatoriyasini xor dirijyorligi mutaxasisligi bo‘yicha tugatgan. 

 

Toshkent shahridagi 99-o‘rta maktabda musiqa o‘qituvchisi va "Boychechak" xor studiyasining rahbari (1962-82), O‘zteleradiosida xor jamoasi dirijyori. (1967-70), "Bulbulcha" bolalar xorining badiiy rahbari va bosh direjyori (1971). 1970-yillar o‘rtasidan boshlab o‘zbek bolalar qo‘shig‘i hamda xor sanyoatiga bag‘ishlangan doimiy "Qo‘shig‘im – jon qo‘shig‘im" teleko‘rsatuvini olib bordi.

Shermat Yormatov vafot etdi | Zamon.uz