0

Tanzila Norboyeva Mirishkor hokimi qarorini bekor qildi

Senat qarorining ijrosi taʼminlanmay qolayotgani aytilmoqda.

Tanzila Norboyeva Mirishkor hokimi qarorini bekor qildi

 

Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida  xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ayrim qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilgandi.

 

Мazkur majlisda Xalq deputatlari Mirishkor tumani kengashining 2020 yil 19-noyabrdagi “Mirishkor tumanidagi ayrim fermer xo‘jaliklari tomonidan ajratilgan yer maydonlaridan samarali va maqsadli foydalanish ahvoli, 2020 yilda davlatga paxta sotish bo‘yicha tuzilgan kontraksiya shartnomalarining bajarilishini taʼminlash chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 67/16-6 sonli qarori qonunchilikka zid deb topilib, bekor qilinishi belgilandi. 

 

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi imzosi bilan qaror ham qabul qilingan.

 

Aniqlanishicha, Mirishkor tumani Do‘stlik mahallasida faoliyat olib borayotgan bir guruh fermerlarga ajratilgan yer maydonlari 2020 yil noyabr oyida fermerlarning roziligisiz, Xalq deputatlari Mirishkor tumani kengashi deputatlari ishtirokida muhokamaga qo‘yilib, qaytarib olingan. Senat deputatlar va hokimning bu xatti-harakatini qonunga zid deb topsada, haligacha fermerlardan olib qo‘yilgan yer maydonlari qaytarib berilmayapti.

 

Hududda faoliyat olib borayotgan fermerlarning aytishicha, ularga 49 yilga ijaraga berilgan yerlarda hozirda klaster faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

Fermerlardan biri G‘olib Maxatov tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jahongir Abdinazarovga ham murojaat qilganini, ammo antiqa javob olganini qo‘shimcha qildi:

 

“Bu o‘rinbosarga, Senat raisining qarori borku, nega yerlarimiz qaytarilmayapti deb yuzlanganimzda, “Tanzila Norboyeva qaror chiqargan bo‘lsa, kelib masalani o‘zi hal qilib bersin” deb aytdi.

 

Maʼlumot uchun: tez orada Xalq deputatlari Mirishkor tumani kengashining qonunga zid chiqarilgan qaroridan aziyat chekayotgan fermerlar haqida videolavha ham namoyish etiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda deputatlarning ruxsatisiz 10 milliard so‘mga yaqin mablag‘ ishlatib yuborilgani maʼlum bo‘lgani hamda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ayollar asosan Toshkent shahrida yig‘ilgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"