Jamiyat

Chustning "chavandoz" hokimiga ko‘z tegdi

U otdan yiqilib tushdi.

Chustning "chavandoz" hokimiga ko‘z tegdi

 

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Chust tumani hokimi Bekzod Hamdamov uloq o‘yini vaqtida otdan yiqilib, jiddiy jarohat olganligi aytilgan xabarlar tarqaldi.

 

Mazkur holat yuzasidan zamon.uz sayti muxbiri Chust tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Jamshidbek Bahodirov bilan bog‘landi.

 

J. Bahodirov hokimning uloq vaqtida otdan yiqilib tushgani va jiddiy jarohat olgani haqidagi xabarni tasdiqladi.

 

"Hokim juda yaxshi chavandoz, u bu kabi uloqlarda doimiy ishtirok etib kelgan. Biroq bunday holat avval hech kuzatilmagan".

 

Uning aytishicha, hokim ayni damda shifoxonada davolanmoqda. Topshiriqlarni xodimlariga ZOOM orqali bermoqda.

 

Munojat Valiyeva

Chustning "chavandoz" hokimiga ko‘z tegdi | Zamon.uz