Jamiyat

Toshkent viloyatida yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirilmoqda

Mazkur loyiha orqali yiliga 550 mln metr kub tabiiy gaz tejaladi.

Toshkent viloyatida yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirilmoqda

 


Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan bug‘-gaz va quvvati 230 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ob’yektda kurilish-montaj ishlari yakunlanib sozlash va ishga tushirish ishlari bajarilmokda. 22 dekabr kuni elektr stansiyaning ochiq taqsimlash qurilmasiga ilk kuchlanish berildi. Ayni paytda kurilmaning yordamchi uskunalari ishga tushirilmokda.

 

Yakin kunlarda elektr stansiya O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga ulanib, quvvat uzatishni boshlaydi.

 

Elektr stansiyasi ishga tushirilishi natijasida yiliga 3,9 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Ushbu loyihani amalga oshirish hisobiga yiliga 550 million metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

 

Toshkent viloyatida yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirilmoqda | Zamon.uz