0

Qashqadaryoda tibbiy uskunalarning xaridi bilan bog‘liq noqonuniy harakatlar aniqlandi

Mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qashqadaryoda tibbiy uskunalarning xaridi bilan bog‘liq noqonuniy harakatlar aniqlandi

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Qashqadaryo viloyatida tibbiy uskunalar xarid qilinishining qonuniyligi o‘rganilgandi.

 

2020 yil va 2021 yilning 1-yarim yili davomida 10 ta tibbiyot muassasalari tomonidan 75 dona jami 7 milliard 817,6 million so‘mlik tibbiy uskunalar Qarshi shahridagi masʼuliyati cheklangan jamiyatdan shartnoma asosida juda qimmat narxlarda byudjet mablag‘lari hisobiga sotib olinganligi aniqlandi.

 

X.Sulaymonova nomidagi Respublika ekspertiza markazining Qashqadaryo viloyati bo‘limi ekspertlari tomonidan dastlabki baholash ishlari yakunlariga ko‘ra, 65 dona 43 turdagi tibbiy uskunalari tibbiyot muassasalari tomonidan 5 milliard 421,4 million so‘mga xarid qilingan

 

Ekspert xulosasiga ko‘ra, haqiqatda, 2 milliard 808,1 million so‘mlik qiymatga ega ekanligi, yaʼni 2 milliard 613,3 million so‘mga qimmat narxlarda sotib olinganligi maʼlum bo‘ldi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 190 ta normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilishi hamda sog‘liqni saqlash tizimida 30 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingani maʼlum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"