Ralf Rangnik: “O‘yinimiz menga umuman yoqmadi”
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ralf Rangnik “Nyukasl”ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.

“Bugun biz deyarli o‘yinni nazorat qilmadik. To‘pni tez-tez yo‘qotib qo‘ydik. Agar siz raqibingizga bosim o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, jismonan yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lishingiz kerak. Jamoamiz kecha ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydi. Hisobni tenglashtirganimizda ham tashabbusni qo‘lga olib, o‘yinni nazorat qila olmadik. O‘yinimiz menga umuman yoqmadi.”
Eslatib o‘tamiz, kecha “Sent Jeyms Park - Sports Direct Arena”da Angliya premyer-ligasining 19-turi doirasida “Nyukasl” klubi “Manchester Yunayted”ni qabul qildi. Ushbu bahs 1:1 hisobidagi natija bilan yakunlandi.
Maʼlumot o‘rnida: Angliya premyer-ligasi turnir jadvalida “Manchester Yunayted” klubi 28 ochko bilan 7-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Nyukasl” 11 ochko jamg‘argan holda 19-o‘rinni egallab turibdi.
Avvalroq, Jerrardda koronavirus aniqlangani va Aleksey Miranchukning xaridori ko‘paygani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







