Jamiyat

Yakkasaroy tumanidagi qurilish binosida o‘quv mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan o‘q-dorilar topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda qurilayotgan obyektda ikkita artilleriya aslahasi topilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Yakkasaroy tumanidagi qurilish binosida o‘quv mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan o‘q-dorilar topildi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni maʼlum qildi.

2021 yil 27 dekabr kuni 102 raqamiga 26 yoshli Shuhrat ismli shaxs murojaat qilib, tanishi 29 yoshli Aliakbar bilan birgalikda Yakkasaroy tumanida qurilayotgan obyekt hududida shubhali, artilleriya aslahalariga o‘xshash zanglagan buyumlar topgan haqida xabar bergan.

 

Ko‘rsatilgan manzilga Toshkent shahar IIBB xodimlari O‘zbekiston Respublikasi IIVning maxsus mutaxassislari bilan birgalikda yetib kelgan. Tekshiruv o‘tkazilgach, topilgan buyumlar o‘quv mashg‘ulotlari davomida foydalanishga mo‘ljallangan ikkita 115 mm.lik o‘quv snaryadi va ikkita 82 mm.lik o‘quv minomyoti ekanligi maʼlum bo‘ldi.

 

Mazkur holat bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda. 

 

Avvalroq, Toshkentda o‘qotar qurol saqlagan shaxs aniqlangani hamda Xonadonida to‘pponcha yasaydigan “tadbirkor” qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. 

 

Munojat Valiyeva

Yakkasaroy tumanidagi qurilish binosida o‘quv mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan o‘q-dorilar topildi | Zamon.uz