Chilonzor tumanida noqonuniy 32 million so‘mlik pirotexnika vositalari to‘xtatilib qolindi
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Toshkent shahri Chilonzor tumani hududida pirotexnika vositalarini noqonuniy aylanuviga qarshi kurashish borasida tezkor tadbir o‘tkazildi. Natijada, tezkor kuzatuvga olingan fuqaro R.D. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, fuqaro X.Sh.ga tegishli bo‘lgan xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 3 turdan iborat, umumiy qiymati 32,25 million so‘mlik jami 109 dona “7 SHOTS” va “Korolevskiy” nomli salyut pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.







