Jahon

1 yanvardan boshlab tarixdagi eng yirik savdo kelishuvi kuchga kirdi

U Xitoy atrofida 14 davlatni birlashtiradi.

1 yanvardan boshlab tarixdagi eng yirik savdo kelishuvi kuchga kirdi

 

2022 yil 1 yanvardan boshlab tarixdagi eng yirik savdo kelishuvi kuchga kirdi. U sayyoradagi har uchinchi odamning daromadlari o‘sishiga ko‘mak hamda globalizatsiya tarafdorlariga jahon savdosi jonlanishiga umid berishi mumkin.

 

RCEP – Regional Comprehensive Economic Partnership (Mintaqaviy ko‘p tomonlama iqtisodiy hamkorlik) kelishuvi Xitoy hamda Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi ko‘plab yirik iqtisodiyotlarni, xususan, Janubiy Koreya, Yaponiya va Avstraliya kabi 15 mamlakatni birlashtirdi. Dunyoning AQSH va YEIdan keyingi uchinchi iqtisodiyoti bo‘lgan Xitoy o‘z tarixida hech kim bilan, ayniqsa, ashaddiy raqobatchisi bo‘lgan Yaponiya bilan bu kabi ko‘p tomonlama savdo kelishuviga erishmagan edi.  

 

Shu bilan birga 2020 yil noyabrida imzolangan ushbu shartnoma Pekinning asosiy xomashyo yetkazib beruvchisi bo‘lgan Avstraliya bilan munosabatlarning sovuqlashishiga xalal bermadi. Xitoy Kanberraning Covid-19 kelib chiqishi bo‘yicha surishtiruv o‘tkazish talabini og‘ir qabul qildi hamda hozirga qadar Avstraliya ko‘mir, g‘alla, go‘sht hamda vinolariga nisbatan boykot joriy etib keladi.

 

Shunday bo‘lsa-da, yangi savdo bloki Pekinning dunyodagi siyosiy pozitsiyasini kuchaytiradi. U o‘zining asosiy raqibi aqsh, eng avvalo uning sobiq prezidenti Donald Tramp tufayli eng yirik kelishuv markazida bo‘lib qoldi.

 

Gap shundaki, RCEP tashkil etilishi to‘g‘risida muzokaralar ketayotgan bir paytda uning yirik ishtirokchilari Yaponiya, Avstraliya va Yangi Zelandiya Vashington bilan bundanda ilg‘or savdo bloki tuzish bo‘yicha ish olib borayotgandi. Agar bu loyiha ishga tushganda, nafaqat AQSH, balki Shimoliy Amerikaning boshqa davlatlari, xususan, Kanada ham unda ishtirok etgan bo‘lardi.

 

Ammo Tramp bu g‘oyani rad etdi va AQSHni muzokaralardan olib chiqdi. Bu esa RCEP tashkil etilishini tezlashtirdi.

 

Kelishuv Osiyodagi savdo hamkorlarining o‘zaro bozorlariga kirishiga va tovarlarga qo‘yilgan boj miqdori kamayishiga yordam berishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida iqtisodiy o‘zish va turmush tarzi oshishiga olib keladi. RCEP boshqa davlatlar uchun ochiq blok, eng avvalo unga Hindiston qo‘shilishi kutilmoqda.

 

Shu bilan birga, qanchalik yirik bo‘lmasin, unda ayrim nozik jihatlar mavjud. U Laos kabi kambag‘al va Yangi Zelandiya kabi boy, Xitoy kabi kommunistik va Yaponiya kabi post-imperial turli iqtisodiyotlarning murakkab integratsiyasi yo‘lidagi dastlabki qadam hisoblanadi. U sayyoradagi boshqa katta erkin savdo zonalariga nisbatan mustahkam asoslarga ega emas.

 

Xususan, ushbu kelishuv ishchilar huquqi masalasiga to‘xtalmaydi. Shuningdek, turli davlatlarga atrof-muhit va intellektual mulkni himoya qilishga turlicha yondashishga ruxsat beradi.

 

“Savdo kelishuvi haqiqatdan ham juda yirik, uni tuzish bo‘yicha muzokaralar qariyb o‘n yil davomida olib borildi. Ammo uning aʼzo davlatlar iqtisodiyotiga taʼsiri chegaralangan. Sababi ularning aksariyati boshqa savdo ittifoqlariga aʼzo.

Ammo RCEP‘ning farq qiluvchi jihatlari ham bor: u murakkab diplomatik aloqalarga ega davlatlarni, masalan, Xitoy va Yaponiyani o‘zida birlashtirgan”, – deydi BBC‘ning Osiyodagi biznes muxbiri Mariko Oy.   

 

Bundan tashqari, RCEP davlatlarga savdo siyosatining bir qismini mustaqil hal qilishga monelik qilmaydi. Bu shuni anglatadiki, Yaponiya yoki Xitoy bundan keyin ham o‘z ichki bozorini turli bojlar bilan himoya qilishi va kelishuvda belgilangan erkin savdoni cheklashi mumkin. Mojarolarni hal qilishning umumiy mexanizmi ham ishlab chiqilmagan.

 

 

Avvalroq Xitoyning Shimoliy Koreya bilan savdosi qayta tiklanishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"