2022-yilda o‘qituvchi va shifokorlarning ish haqi oshiriladi
Oliy toifali o‘qituvchilarning maoshini 15 foizga oshirish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonda 2022-yilda ayrim toifadagi o‘qituvchi va shifokorlarning oylik ish haqlari oshiriladi. Bu haqda O‘zbekistonning 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida ko‘rsatib o‘tilgan.
Ma’lum qilinishicha, iqtidorli o‘qituvchi va shifokorlarning ish haqlari malaka toifasiga qarab tabaqalashtirilgan holda quyidagi miqdorlarda qo‘shimcha oshiriladi:
oliy toifali o‘qituvchilar uchun — kamida 15 foizga;
birinchi toifali o‘qituvchilar hamda oliy va birinchi toifadagi shifokorlar uchun — kamida 10 foizga;
ikkinchi toifali o‘qituvchi va shifokorlar uchun — kamida 5 foizga.
Avvalroq 2022-yilda ish haqi va pensiya miqdorining oshirilishi haqida xabar berilgandi.








