Huquqbuzarlik holati bo‘yicha fotosurat, videoyozuv va xabarlarni taqdim etgan shaxslar rag‘batlantiriladi
Rag‘batlantirish huquqbuzarlik bo‘yicha birinchi xabar bergan shaxsga nisbatan qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi farmoni bilan Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida 2022 yil 1 apreldan boshlab daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha huquqbuzarliklar haqidagi fotosurat va videoyozuvlarni Ichki ishlar vazirligi va Davlat ekologiya qo‘mitasining maxsus axborot tizimiga yuborgan shaxslar har bir tasdiqlangan holat bo‘yicha huquqbuzardan undirilgan mablag‘lar hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravariga teng miqdordagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.







