O'zbekiston

O‘zbekistonda 2022 yildan 2 ta yangi yengil avtomobil modelini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Avtomobillar xorijiy davlatlarda SKD texnologiyasi asosida ishlab chiqariladi.

O‘zbekistonda 2022 yildan 2 ta yangi yengil avtomobil modelini ishlab chiqarish  yo‘lga qo‘yiladi

 

Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida«gi farmonida belgilab qo‘yilgan.

 

Qayd etilishicha, 2022 yildan avtomobil sanoatida kooperatsiyani yana-da rivojlantirish orqali ishlab chiqarish hajmini 1,4 barobarga, eksport hajmini 2 barobarga ko‘paytirish va mahalliylashtirish darajasini oshirish ko‘zlangan. Sohadagi mavjud korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarni oshirish maqsadida:

  • yangi birlashgan global platformasiga (“GEM”) o‘tish orqali yillik quvvati 190 ming dona bo‘lgan 2 ta yangi yengil avtomobil modelini ishlab chiqarishni boshlash;

  • UzAuto Motors Xorazm viloyati filialining avtomobil ishlab chiqarish quvvatini 70 mingdan 100 mingtaga oshirish rejalashtirilgan.

 

Eksport hajmini 2026 yilga qadar 1 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqiladi. Avtomobillar xorijiy davlatlarda SKD texnologiyasi asosida ishlab chiqariladi. Nexia avtomobillarni Qozog‘istonda to‘liq siklda (CKD) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yiliga 30 ming donagacha mashinokomplektlar eksporti amalga oshiriladi.

 

Bunda Andijon viloyatida tashkil qilingan «Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi» maxsus sanoat zonasi va boshqa hududlarda avtomobillarga butlovchi qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 151,3 million dollarlik 8 ta yangi loyihalar 2022—2024 yillarda ishga tushiriladi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda 2022 yildan 2 ta yangi yengil avtomobil modelini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi | Zamon.uz