Yurtimizda yangi yilning ilk kunida 1448 nafar chaqaloq dunyoga keldi
Ulardan 732 nafari o‘g‘il bola, 716 nafari esa qiz bola.

2022 yilning 1 yanvar kuni, soat 17:30 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda jami 1448 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Yangi yilning birinchi kunida tug‘ilgan go‘daklarning 732 nafari o‘g‘il bola, 716 nafari esa qiz bola bo‘lib, eng ko‘p tug‘ilish hozircha Samarqand viloyatida (193 nafar) qayd etildi.
Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o‘rinlarda:
Qashqadaryo viloyati (146 nafar),
Farg‘ona viloyati (137 nafar),
Andijon viloyati (131 nafar),
Namangan viloyati (123 nafar) band etdi.
Eng kam tug‘ilish esa Sirdaryo viloyati (39 nafar) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Eʼtiborlisi, tug‘ilganlarning 8 nafari egizaklardir. Ayni paytda shifokorlarimiz go‘daklarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishmoqda.







