Ta'lim

Dehqonobodlik maktab o‘qituvchisi MDHning 2021 yildagi eng yosh olimi bo‘ldi

Shuningdek, u “Xalqaro toifadagi o‘qituvchi” maqomini ham qo‘lga kiritdi.

Dehqonobodlik maktab o‘qituvchisi MDHning 2021 yildagi eng yosh olimi bo‘ldi

 

1-toifadagi o‘qituvchi Dilnoza Madrahimova Dehqonobod tumani xalq taʼlimi bo‘limiga qarashli 69-IDUMda ona tili va adabiyoti fanidan dars beradi. U Qozog‘istonning Nursulton shahrida MDH miqyosida o‘tkazilgan “Yil pedagogi-2021” hamda “Eng yosh olim-2021” xalqaro ilmiy-amaliy onlayn maqolalar ko‘rik tanlovida “Taʼlimga oid innovatsion yondashuvlar” yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy maqolalari bilan ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

 

O‘qituvchi ikkita yo‘nalish bo‘yicha 1- va 2-o‘rinlarga sazavor bo‘ldi va ko‘krak nishoni, diplom bilan taqdirlandi. Shu bilan birga uning ilmiy maqolalari jurnalda chop etilib, “Xalqaro toifadagi o‘qituvchi” maqomini qo‘lga kiritdi.

 

“Bu yutuqlarga erishishimda tuman xalq taʼlimi, maktab jamoasi va barcha ustozlarimga, shular qatorida ilmiy rahbarim professor Nosirjon Ulug‘ovga mingdan-ming rahmat aytaman”, — deydi Dilnoza Madrahimova.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq innovatsion platforma o‘qituvchilar malaka oshirishi uchun yangi imkoniyat ekani hamda o‘qituvchilarga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikat elektron shaklda berilishi haqida xabar berilgandi. 

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.