Jahon

Saakashvili yangi talablarini ma’lum qildi

Aks holda u yana ochlikni boshlash bilan tahdid qilgan.

Saakashvili yangi talablarini ma’lum qildi

 

Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili o‘z kamerasiga chet ellik vrachlarni kiritishni talab qildi. Bu haqda 3 yanvar kuni uning advokati Shota Tutberidze jurnalistlarga ma’lum qilgan. 


“Biz Mixail Saakashvilining davolanishi jarayoniga AQSH, Ukraina va Niderlandiya vrachlarining darhol jalb qilinishini talab qilamiz. Bundan tashqari, bizning sobiq prezident bilan maxfiy muloqot qilish imkonimiz yo‘q, bu esa advokat va himoyadagi shaxsning fundamental huquqlarining buzilishi hisoblanadi”, – degan u. 


Aks holda sobiq prezident ochlikni qayta tiklashi ma’lum qilingan. 


Ma’lumot o‘rnida: Mixail Saakashvili 2004-2013 yillarda Gruziya prezidenti bo‘lgan. 2013-yilda mamlakatni tark etgan. Shundan keyin u Ukraina fuqaroligini qabul qildi. 


2021-yil 1-oktyabr kuni Saakashvili qo‘lga olindi. U Gruziyaga mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylov arafasida kirib kelgan. 


Avvalroq Saakashvili tarafdorlari ochlikni to‘xtatgani haqida xabar berilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.