Salomatlik

Yangi yildan 3 kun o‘tib...

Bayramdan so‘ng ichakni sog‘lomlashtirish bo‘yicha dietolog tavsiyalari bilan tanishing.

Yangi yildan 3 kun o‘tib...

 

Hozir ham hammaning uyida Yangi yil bayramidan qolgan bir tonna ovqat borligi aniq. Ularni yeb tugatguncha, oshqozon va ichaklar ham dodlab yuboradi. Chunki uch kunlab kaloriyaga boy, turgan-bitgani uglevod va yog‘lardan iborat bo‘lgan taomlardan odam nafaqat semirib ketishi, balki ichaklar ham zaharlanishi mumkin.

 

Xuddi shu fursatda bizga ekspert-diyetologlarning maslahati asqotishi aniq.

 

Ovqatlaringiz tugab bo‘lgach, bir nechta oddiy uslublardan foydalanib, ichaklaringizni tozalab olishingiz mumkin.

Yengil ovqatlanadigan kunlar va detoks-parhezlar bu borada sizga yordam berishi aniq.

 

Yengil ovqatlanadigan kunlarda kun bo‘yi shu ikki mahsulotlarni yeb yurasiz:

 

— qatiq+olma;

— grechkali bo‘tqa+qatiq;

— ko‘k choy+sitrus mevalar;

— suli+mevalar;

— xom sabzavotlar+zaytun yog‘i;

— smuzi+yogurt.

 

Siz yuqoridagi mahsulotlardan birini tanlab, kun bo‘yi isteʼmol qiling va har 1-2 soatda 1 stakan suv ichishni kanda qilmang.

Ichaklarni tozalashni tezlashtirmoqchi bo‘lsangiz, ratsioningizga shipovnik qaynatmasini qo‘shishingiz mumkin.

Uning peshob haydash xususiyati organizmning o‘z-o‘zini tiklash xususiyatini tezlashtiradi.

 

Ekspertlarning fikricha, detoks-ichimliklar yordamida ham xuddi shunday natijaga erishish mumkin ekan. Bunda 1-3 kun faqat suv va meva-sabzavotlarning sharbatini ichib yurasiz.

 

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.

 

Manba: Hordiq.uz

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"