O'zbekiston

4 kunga yetgan yerosti yo‘li

Samarqandda foydalanishga topshirilgan yerosti yo‘li ilk yomg‘irga dosh berolmadi.

4 kunga yetgan yerosti yo‘li

 

Ijtimoiy tarmoqlarda nihoyasiga yetgan yilning so‘nggi kunida foydalanishga topshirilgan Samarqand shahridagi yerosti yo‘li devorlaridan kuchli yomg‘ir oqibatida ko‘p miqdorda suv sizib kirayotgani aks etgan videotasvir tarqaldi.

 

Shahar hokimligining rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, Ibn Sino va Rudakiy ko‘chalari chorrahasida bunyod etilgan yerosti o‘tish yo‘li uchun 143 milliard so‘m sarflangan. 

 

Shahar yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi va sayyohlar uchun qulaylik yaratish, transport qatnovi xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash maqsadida 143 milliard so‘mlik tunnel – yo‘l o‘tkazgich va Bo‘stonsaroy ko‘chasining Siyob kanali ustidagi yo‘l 68 milliard so‘m mablag‘ hisobiga rekonstruksiya qilindi.

 

Mazkur tunnel ochilish marosimidan televideniye uchun tayyorlagan lavhada jurnalistning ta’kidlashicha, obyekt 3 yil davomida qurib bitkazilishi kerak bo‘lgan.  Ammo yo‘l 1,5 yilda bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan. 

 

Qurilish  obyektining parametrlari quyidagicha:

– yo‘l o‘tkazgich uzunligi 1 km;

– balandligi 5,8 metr;

– kengligi 26,4 metr;

– yopiq qismining uzunligi 120 metr.

 

Gidrometeorolog tadqiqotchi Erkin Abdulahatov mazkur mavzuga e’tibor qaratib, buyurtmachi va quruvchilar qarata o‘rinli savol qo‘ymoqda:

 

“Xo‘sh, loyihada hududda kuzatilgan yog‘inlarni xavfsiz va talofatsiz o‘tkazib yuboruvchi drenajlarni qurishda qanday yog‘in miqdori inobatga olingan? O‘zi umuman, qurilish loyihasida tabiiy omil ta’sirlari e’tiborga olinganmi?

 

Hisobga olingan bo‘lsa, nega yangi obyekt devorlaridan suv sizib chiqmoqda? Bahor-yozgi sel-suv toshqin keltirib chiqaradigan haqiqiy intensiv yog‘inlar davrida nima bo‘ladi?” 

 

Shuningdek, u Samarqand kuzatuv meteorologik stansiyasi faoliyati haqida ham to‘xtalib, quruvchi tashkilotlar nega bu kuzatuv stansiyasi ma’lumotlaridan unumli foydalanmaganini tanqid ostiga oladi.

 


Tadqiqotchining qo‘shimcha qilishicha, Samarqand kuzatuv meteorologik stansiyasi o‘z ish faoliyatini boshlaganiga bir asrdan oshgan. Yillar davomida ob-havo bilan bog‘liq ma’lumotlar shu kabi qurilish obyektlarini barpo etish uchun to‘planganini ham ma’lum qilgan.

 

Ko‘prikqurilish tresti esa ushbu holatga quyidagicha izoh beradi:


“Tunnel devorlariga o‘rnatilgan plitalar quruq montaj usulida ishlangan, suv o‘tishi yo‘l o‘tkazgichning konstruktiv elementlari mustahkamligiga salbiy ta’sir etmaydi”.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chirchiq daryosi ustiga yangi ko‘prik qurilgani hamda Yakkasaroy va Sergeli tumanlarida qurilgan yangi yo‘llar bugundan ochilishi haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

12 nafar bloger reklama qonunchiligini buzgan: ularga ma’muriy chora qo‘llanildi

12 nafar bloger reklama qonunchiligini buzgan: ularga ma’muriy chora qo‘llanildi

Raqobat qo‘mitasi monitoringida 110 nafar blogerning sahifalari kuzatilmoqda.

O‘zbekistonda bankomatlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda bankomatlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

O‘tgan yili mamlakatga 9 mingta bankomat import qilingan.

“Mavjud imkoniyatlarga nisbatan kam”: Prezident elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish zarurligini ta’kidladi

“Mavjud imkoniyatlarga nisbatan kam”: Prezident elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish zarurligini ta’kidladi

So'ngi o‘n yilda elektrotexnika sanoatida 413 ta yangi ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi va 100 dan ortiq turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Jinoyatchilikni oldindan prognoz qilish tizimi joriy etiladi: dastlab qayerda sinovdan o‘tadi?

Jinoyatchilikni oldindan prognoz qilish tizimi joriy etiladi: dastlab qayerda sinovdan o‘tadi?

Jinoyatlarning sabablari, mas’ul idoralar va ko‘rilgan choralar natijalari yagona elektron platformada nazorat qilinadi.

Noyabrda 30 darajagacha issiq: O‘zbekistonning uchta hududida harorat rekordlari yangilandi

Noyabrda 30 darajagacha issiq: O‘zbekistonning uchta hududida harorat rekordlari yangilandi

Navoiyda havo 30 darajagacha, Buxoroda esa 30,6 darajagacha isidi.

Ziyoratchilarni aldab pul olish: noqonuniy “Umra” safarini tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Ziyoratchilarni aldab pul olish: noqonuniy “Umra” safarini tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Samarqand va Gulistonda tegishli ruxsatnomasiz safarlarini tashkil etishga uringan shaxslarga chora ko‘rildi.

Toshkentda O’zbekiston-Rossiya media forumi boshlandi

Toshkentda O’zbekiston-Rossiya media forumi boshlandi

Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi media hamkorlik, raqamli transformatsiya va axborot xavfsizligi masalalari muhokama qilinmoqda.

Rektorlarga ogohlantirish berdim, ammo hech birini ishdan olmadim — Erkinjon Turdimov

Rektorlarga ogohlantirish berdim, ammo hech birini ishdan olmadim — Erkinjon Turdimov

Ta’lim va fan vaziri 5 nafar rektorning ishdan olingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.