O'zbekiston

Jinoyatchilikni oldindan prognoz qilish tizimi joriy etiladi: dastlab qayerda sinovdan o‘tadi?

Jinoyatlarning sabablari, mas’ul idoralar va ko‘rilgan choralar natijalari yagona elektron platformada nazorat qilinadi.

Jinoyatchilikni oldindan prognoz qilish tizimi joriy etiladi: dastlab qayerda sinovdan o‘tadi?

 

O‘zbekistonda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash uchun Yagona kriminogen ma’lumotlar platformasi ishlab chiqiladi. Tizim orqali jinoyatlarning sabablari, mas’ul idoralar va ularni bartaraf etish choralari elektron tarzda nazorat qilinadi. Bu haqda 2026-yil 6-noyabrda qabul qilingan Prezidentning PF–241-son farmonida belgilangan.

 

Farmonga muvofiq, platformada jinoyatlarning obyektiv va subyektiv sabablari, mas’ul idoralar hamda mansabdor shaxslar, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari bo‘yicha elektron reyestr yuritiladi.

 

Ko‘rilgan choralar natijalari inson omilisiz oylik, yarim yillik va yillik tartibda nazorat qilinadi.

 

Shuningdek, hududlar, mahallalar va jinoyat turlari kesimida jinoyatchilik dinamikasi yarim yillik hamda yillik davrlar uchun prognoz qilinadi. Natijalarga ko‘ra, kriminogen vaziyati og‘ir hududlarga vaziyatni barqarorlashtirish choralarini nazarda tutuvchi xabarnomalar yuboriladi.

 

2027-yil yakuniga qadar platformani Toshkent shahrining Olmazor tumanida sinov tariqasida ishga tushirish rejalashtirilgan. 2028-yildan boshlab esa uni respublikaning barcha hududlariga bosqichma-bosqich joriy etish choralari ko‘riladi.

 

Farmonda har yili aholi o‘rtasida milliy viktimologik so‘rov, aholining xavfsizlik hissi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishonchi bo‘yicha ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish ham belgilangan.

 

Bundan tashqari, yoshlar, voyaga yetmaganlar, ayollar, muqaddam sudlangan va probatsiya hisobidagi shaxslar, “qizil” toifadagi mahallalar hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha manzilli kriminologik tadqiqotlar tashkil etiladi.

O‘zbekistonda bankomatlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda bankomatlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

O‘tgan yili mamlakatga 9 mingta bankomat import qilingan.

“Mavjud imkoniyatlarga nisbatan kam”: Prezident elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish zarurligini ta’kidladi

“Mavjud imkoniyatlarga nisbatan kam”: Prezident elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish zarurligini ta’kidladi

So'ngi o‘n yilda elektrotexnika sanoatida 413 ta yangi ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi va 100 dan ortiq turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Noyabrda 30 darajagacha issiq: O‘zbekistonning uchta hududida harorat rekordlari yangilandi

Noyabrda 30 darajagacha issiq: O‘zbekistonning uchta hududida harorat rekordlari yangilandi

Navoiyda havo 30 darajagacha, Buxoroda esa 30,6 darajagacha isidi.

Ziyoratchilarni aldab pul olish: noqonuniy “Umra” safarini tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Ziyoratchilarni aldab pul olish: noqonuniy “Umra” safarini tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Samarqand va Gulistonda tegishli ruxsatnomasiz safarlarini tashkil etishga uringan shaxslarga chora ko‘rildi.

Toshkentda O’zbekiston-Rossiya media forumi boshlandi

Toshkentda O’zbekiston-Rossiya media forumi boshlandi

Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi media hamkorlik, raqamli transformatsiya va axborot xavfsizligi masalalari muhokama qilinmoqda.

Rektorlarga ogohlantirish berdim, ammo hech birini ishdan olmadim — Erkinjon Turdimov

Rektorlarga ogohlantirish berdim, ammo hech birini ishdan olmadim — Erkinjon Turdimov

Ta’lim va fan vaziri 5 nafar rektorning ishdan olingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

5 ming dollarlik ish va’dasi: Qoraqalpog‘istonda gumonlanuvchi ushlandi

5 ming dollarlik ish va’dasi: Qoraqalpog‘istonda gumonlanuvchi ushlandi

U fuqaroni hamshiralikka ishga joylashtirish evaziga pul talab qilgan.

Ish haqi berilmagan edi: Rossiyada 8 o‘zbekistonlikka 1,5 million rubldan ortiq mablag‘ undirildi

Ish haqi berilmagan edi: Rossiyada 8 o‘zbekistonlikka 1,5 million rubldan ortiq mablag‘ undirildi

Undiriladigan mablag‘ ish haqi qarzdorligi, kechiktirilgan to‘lovlar uchun kompensatsiya va ma’naviy zarar tovonlarini o‘z ichiga oladi.