O'zbekiston

Rektorlarga ogohlantirish berdim, ammo hech birini ishdan olmadim — Erkinjon Turdimov

Ta’lim va fan vaziri 5 nafar rektorning ishdan olingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Rektorlarga ogohlantirish berdim, ammo hech birini ishdan olmadim — Erkinjon Turdimov

 

Ta’lim va fan vaziri Erkinjon Turdimov besh nafar oliy ta’lim muassasasi rektori lavozimidan ozod etilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Uning aytishicha, yig‘ilishda to‘rt nafar rektorga qattiq ogohlantirish berilgan, vazirlikda esa ularning faoliyatini o‘rganish uchun maxsus ishchi guruh tuzilgan.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda 6-noyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng bir qator universitet rektorlari, jumladan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon To‘xtasinov va Samarqand davlat chet tillari instituti rektori Bahodir Holiqov lavozimidan ozod etilgani haqida xabarlar tarqaldi.

 

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, ta’lim va fan vaziri Erkinjon Turdimov samarqandlik jurnalist Karimberdi To‘ramurodga bergan intervyusida bu ma’lumotlarni inkor etdi.

 

“Avvalo, men hali beshta rektor emas, bittasini ham ishdan olmadim. Yig‘ilishda beshta emas, to‘rtta rektorni qattiq ogohlantirdim. Vazirlikda maxsus ishchi guruh tuzildi. Bu masala bilan ana shu katta va nufuzli guruh shug‘ullanadi. Qaysi rektor qolish-qolmasligi ishchi guruhning haqqoniy xulosasi asosida bo‘ladi”, — dedi vazir.

 

Turdimov suhbat davomida ayrim oliy ta’lim muassasalaridagi talabalar bilim darajasi yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv haqida ham gapirgan. Uning qayd etishicha, maqtalgan institutlardan birining rektori eng a’lochi talabalari sifatida taqdim etgan 10 nafar talaba standart testdan o‘tkazilgan. Biroq ularning birortasi ham uch baho ololmagan.

 

Jurnalist ta’lim tizimida korrupsiya avj olgani va soha tub o‘zgarishlarga muhtojligini ta’kidlab, vazirning bu boradagi rejalari bilan qiziqqan.

 

“Men siz aytgan kamchiliklarni yaxshi bilaman. Kurash oson bo‘lmaydi, albatta. Men ta’lim tizimida olamshumul inqilobiy o‘zgarishlar qila olmasman, ammo tizimda tartibni o‘rnataman”, — deya javob bergan Erkinjon Turdimov.

 

Suhbatda maktab darsliklaridagi xatoliklar masalasi ham ko‘tarilgan. Vazir darsliklarda xatolar ko‘pligini yaxshi bilishini aytib, ularning mazmuni bilan vazirlik bevosita shug‘ullanmasligini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, darsliklar mazmuni va mohiyatiga oid takliflar bu yo‘nalish uchun mas’ul bo‘lgan Ta’lim markazi hamda Ilmiy tadqiqotlar institutiga yuborilgan.

5 ming dollarlik ish va’dasi: Qoraqalpog‘istonda gumonlanuvchi ushlandi

5 ming dollarlik ish va’dasi: Qoraqalpog‘istonda gumonlanuvchi ushlandi

U fuqaroni hamshiralikka ishga joylashtirish evaziga pul talab qilgan.

Ish haqi berilmagan edi: Rossiyada 8 o‘zbekistonlikka 1,5 million rubldan ortiq mablag‘ undirildi

Ish haqi berilmagan edi: Rossiyada 8 o‘zbekistonlikka 1,5 million rubldan ortiq mablag‘ undirildi

Undiriladigan mablag‘ ish haqi qarzdorligi, kechiktirilgan to‘lovlar uchun kompensatsiya va ma’naviy zarar tovonlarini o‘z ichiga oladi.

Toshkent IES mazut yoqishni to‘xtatishi mumkin: yangi “Halqa” podstansiyasiga kuchlanish berildi

Toshkent IES mazut yoqishni to‘xtatishi mumkin: yangi “Halqa” podstansiyasiga kuchlanish berildi

Yangi podstansiyaning ishga tushirilishi natijasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining bir qismidagi elektr yuklamalari qayta taqsimlanadi.

O‘zbekistonda yangi texnikum tashkil etiladi: qutqaruvchilar tayyorlanadi

O‘zbekistonda yangi texnikum tashkil etiladi: qutqaruvchilar tayyorlanadi

Muassasa 2027/2028-o‘quv yilidan faoliyat boshlaydi. Unda maktab bitiruvchilari davlat granti va kontrakt asosida tahsil olishi mumkin.

Prezident sog'liqni saqlash xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Prezident sog'liqni saqlash xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Davlat rahbari sportchilarning ota-onalari, ustoz va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Avtobusning qo‘l tormozi faollashtirilmagani oqibatida transport vositasi harakatlana boshlagan va uni to‘xtatishga uringan haydovchi avtobus ostida qolib ketgan.

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Turkiyada tahsil olayotgan yoshlar o‘zbek kinosining bugungi holati, yangi filmlar va xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.