Jahon

Pokiston Afg‘oniston bilan chegarada to‘siqlar qo‘yishni davom ettirishini maʼlum qildi

Bundan ko‘zlangan maqsad ochiqlandi.

Pokiston Afg‘oniston bilan chegarada to‘siqlar qo‘yishni davom ettirishini maʼlum qildi

 

Pokiston Afg‘oniston bilan chegarada to‘siqlar qo‘yishni oxirga yetkazmoqchi. Bu haqda Pokiston mudofaa vazirligi rasmiy vakili Babar Iftixor maʼlum qildi.

 

Unga ko‘ra, Islomobod “Dyurand chizig‘i” (Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi chegara shunday nomlanadi) bo‘ylab chegara to‘siqlari qo‘yishda davom etadi. Iftixorning so‘zlariga ko‘ra, Pokiston “xalqlarni bo‘lib yuborish”ni emas, balki o‘z fuqarolari xavfsizligini taʼminlashni istaydi. Shu bilan birga u mavjud muammo va to‘qnashuvlarni sabr va eʼtibor bilan hal etishga chaqirgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: 24- va 30-dekabr kunlari “Tolibon” va Pokiston harbiylari o‘rtasida “Dyurand chizig‘i”da bir necha to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi. Hozirda Kobul bu chiziqni rasmiy chegara sifatida tan olishni inkor qilmoqda.

 

“Dyurand chizig‘i” – 1893 yilda tashkil qilingan bo‘lib, Pokiston va Afg‘oniston hududini chegaralab bergan. Ammo chegara janubida ko‘plab pushtun qabilalari yashashini bahona qilib, Afg‘oniston uni tan olmay keladi.  

 

Avvalroq afg‘on sudya ayollari Kanadaga evakuatsiya qilinishi haqida xabar berilgandi.

 

Jahongir Qo‘ziyev

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"