Ta'lim

"Qaytish chiptalari hammaga yetadi va tugab qolmaydi, xavotir olmang!"

Oliy taʼlim vazirligi hamda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ talabalarga murojaat bilan chiqdi.

"Qaytish chiptalari hammaga yetadi va tugab qolmaydi, xavotir olmang!"

 

 

Talabalar uchun qishki taʼtil muddati 24-yanvarga qadar uzaytirilgani, bunda talabalarning temir yo‘l hamda aviachiptalari boshqa muddatga bepul almashtirib berilishi, shuningdek, 50 foizlik chegirmalar muddati 24 yanvarga qadar belgilangani haqida xabaringiz bo‘lsa kerak.

 

Afsuski, bugun ayrim hududlardagi temir yo‘l kassalarida biletini almashtirmoqchi bo‘lgan talabalarning katta navbatlari yuzaga kelgan. Chunki qaytish uchun bilet olgan deyarli hamma talaba joy tugab qolmasidan oldinroq almashtirib qolish maqsadida borishgan. Albatta, bunaqa paytda buncha insonga birdek xizmat ko‘rsatishning jismoniy imkoni yo‘q va turnaqator navbatlar hosil bo‘lishi tabiiy.

 

Shunga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi hamda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ talabalarga murojaat bilan chiqdi. Murojaatlarning asosiy mazmuni quyidagicha:

 

✅ Qaytish chiptalari hammaga yetadi va tugab qolmaydi, xavotir olmang;

✅ Agar mabodo zaruriyat tug‘ilsa qo‘shimcha reys hamda vagonlar qo‘shiladi;

✅ 24 yanvargacha hali 17 kun vaqt bor va almashtirishga bemalol ulgurishadi, aynan 1 kunda va 1 vaqtda hamma almashtirish uchun kelishi shart emas;

✅ shahar va tumanlardagi temir yo‘l kassalarida ham chiptalarni almashtirish mumkin, aynan viloyat markazlaridagi kassalarga kelish shart emas;

✅ barcha kassalar kechayu kunduz ishlaydi, agar kunduz kuni navbat juda ko‘p bo‘lsa, kechki payt bemalol paytida kelsangiz ham bo‘ladi.

 

P.S.: biletlarni onlayn almashtirish imkoniyatini ham yo‘lga qo‘yishganda zo‘r bo‘lardi, shunda o‘z-o‘zidan navbatlar ham keskin kamayar edi. Mayli, balki shu kunlarda bunaqa tizimni qilishga ulgurishmas, lekin qachondir bo‘lishi kerakku. Talabalarning bazasi bor, barcha shaxsiy maʼlumotlarni elektron olish imkoniyati bor, faqat qog‘ozbozlikdan qutilish uchun ozgina xohish va qatʼiyat kerak xolos.

custom img

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

custom img

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

custom img

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

custom img

O‘zbekistonda ayrim talabalar universitet diplomini 3 yilda olishi mumkin

9-sinf bitiruvchilari maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil tahsil olib, keyingi uch yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor oliygohda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

custom img

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, bir qator sertifikatlarga ega pedagoglar uchun ustamalar belgilandi.

custom img

Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Markaziy Osiyo yagona bilim va innovatsiyalar makoniga aylantiriladi

Samarqandda Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Rim shahrida O‘zbekiston–Italiya oliygohlari rektorlari Ikkinchi forumi bo‘lib o‘tdi

Oliy taʼlim tizimidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 20 dan ortiq shartnomalar imzolandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"