Jahon

Pokiston shimolida qor ko‘chkilari tufayli 22 kishi halok bo‘ldi

Pokistondagi kurortlardan birida minglab mashinalar qor ostida qolib ketdi. 20 dan ortiq sayyoh halok bo‘ldi.

Pokiston shimolida qor ko‘chkilari tufayli 22 kishi halok bo‘ldi

 

Mazkur haftada Pokistondan tashqari  Afg‘oniston va Tojikiston tog‘liklariga ketma-ket kirib kelgan janubiy nam tropik havo oqimi juda ham ko‘p miqdorda qor qoplami hosil qildi.

 

Myurri kurort shahri yaqinida tirbandlikda qolib ketgan kuchli qor oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘ldi. Politsiyaning aytishicha, 6 kishi muzlab o‘lgan, qolganlari esa chiqindi gazlardan zaharlangan bo‘lishi mumkin.

 

 

So‘nggi kunlarda Islomoboddan 64 kilometr uzoqlikda joylashgan shaharga 100 mingdan ortiq mashina yetib kelgan.

Pokiston ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, qor ko‘chkilari kamida 1000 ta mashinani bosib qolgan,

Qidiruv, qutqaruv ishlari davom etmoqda.

 

“So‘nggi 15-20 yil ichida birinchi marta bunday ko‘p sayyohlar Myurriga oqib keldi, bu esa katta inqirozga sabab bo‘ldi”, — dedi ichki ishlar vaziri.

 

Halok bo‘lganlar orasida politsiyachi, uning rafiqasi va 6 nafar farzandi, shuningdek, yana 5 kishilik oila bor.

 

Harbiylar qor ostida qolib ketgan 300 dan ortiq odamni qutqarganini maʼlum qildi. Harbiylar Myurriga olib boruvchi yo‘llarni tozalashga kirishdilar.

 

Mahalliy aholi ko‘chkida qolganlarga  ko‘rpa-to‘shak va oziq-ovqat tarqatgan, dengiz sathidan 2300 metr balandlikda joylashgan shaharga yetib bora olganlar hukumat va maktab binolaridan boshpana bilan taʼminlangan.

 

Yo‘llarni tozalash va qamalib qolganlarni qutqarish uchun harbiylar jalb qilingan.

 

Bosh vazir Imron Xon sayyohlarning o‘limidan hayratda qolganini aytdi. U tergov o‘tkazish va bunday fojialarning oldini olish choralarini ko‘rishni bildirgan. Shuningdek, hukumat sayyohlar oqimini to‘xtatish uchun Myurri tepalik stansiyasiga olib boradigan barcha yo‘llarni yopishini eʼlon qildi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yoqutistonda anomal sovuq sabab maktablar yopilgani hamda Misrning O‘rta Yer dengizi sohillariga qum bo‘roni, jala va bo‘ron yopirilgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"