Jamiyat

Navoiylik giyohvand ayolga sud hukmi o‘qildi

Ayolga bir yil-u olti oyga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Navoiylik  giyohvand  ayolga sud hukmi o‘qildi

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Xatirchi tumani sudining ochiq sayyor sud majlisida giyohvandlik vositalarini yetishtirgan va isteʼmol qilgan ayolga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

 

1972-yilda tug‘ilgan Nargiza Qo‘chqorova “marixuana” giyohvandlik o‘simligini yashayotgan uyida yetishtirgani va undan isteʼmol qilib kelgani maʼlum bo‘ldi.

 

2021-yil 26-avgust kuni Xatirchi tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qora dori 2021 tadbiri 2-bosqichi” davomida bu holat aniqlanib, 1 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligi xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

 

Bundan tashqari, u o‘zining jinoiy harakatlarini qasddan davom ettirib kelgan. 2021-yil avgust oyi o‘rtalarida 1 tup kanoplya giyohvandlik o‘simligini oshxonasida saqlab kelgan.

Tuman IIB JQB xodimlari tomonidan giyohvandlik moddasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

 

Sud N.Qo‘chqorovaning muqaddam sudlanmagani, aybiga to‘liq iqrorligi, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini inobatga olib, Jinoyat kodeksi 270-moddasi 1-qismi, 276-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topdi. Ayolga JKning 59-moddasiga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 1 (bir) yilu 6 (olti) oyga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

 

Munojat Valiyeva

Navoiylik giyohvand ayolga sud hukmi o‘qildi | Zamon.uz