Jamiyat

Samarqandda 65 yoshli otaxon salkam yarim kilogramm “opiy” bilan ushlandi

Ushbu fuqaro avval ham sudlangan.

Samarqandda 65 yoshli otaxon salkam yarim kilogramm “opiy” bilan ushlandi

 

 

DXX Samarqand viloyat boshqarmasi va viloyat IIB JQB xodimlari bilan hamkorligida, joriy yilning 11 yanvar kuni narkotik vositalar savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi.

 

Unda Urgut tumanida yashovchi, ilgari JKning 273-moddasi bilan sudlangan, 65 yoshli X.A., yaqin qarindoshi 1990-yilda tug‘ilgan X.U. yordamida, uning boshqaruvidagi “Lacetti” avtomashinasida 497,51 gramm “opiy” narkotik moddasini yo‘lovchi sifatida olib ketayotgan vaqtda ushlangan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, ushbu narkotik vositasi Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan.

 

Ushbu holat yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan JKning 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda 65 yoshli otaxon salkam yarim kilogramm “opiy” bilan ushlandi | Zamon.uz