Abu-Dabiga faqat kuchaytiruvchi doza bilan emlangan sayyohlar kirishi mumkin
Hatto vaksinaning ikkita dozasini olganlarga ham ruxsat berilmaydi.

BAA poytaxti Abu-Dabiga endi faqat koronavirusga qarshi kuchaytiruvchi doza bilan emlangan sayyohlar kirishiga ruxsat beriladi, deya xabar beradi AP.
Shu hafta boshida shaharga kiraverishda emlangan maqomini tasdiqlovchi "yashil pasport"ni taqdim etish kerakligi haqida ogohlantirish paydo bo‘ldi.
Agentlikni taʼkidlashicha, endi turistlar ikkinchi dozadan keyin kamida olti oy o‘tgach, vaksinaning kuchaytiruvchi dozasini olmagan bo‘lsalar, to‘liq emlangan deb hisoblanmaydilar.
Bundan tashqari, Abu-Dabiga kirishdan oldin koronavirus testini topshirish kerak bo‘ladi. Shaharda allaqachon jamoat joylari va maʼmuriy binolarga kirish uchun "yashil pasport" talab qilinadi.
Maʼlumot uchun: BAA aholisining 90 foizdan ortig‘i COVID -19 ga qarshi to‘liq emlangani xabar qilingan edi. Biroq, dekabr oyida mamlakatda kasallanishning yangi o‘sishi kuzatildi.
Avvalroq Xitoyda Qishki Olimpiya o‘yinlari boshlanishiga 18 kun qolganda ilk bor koronavirusning “Omicron” shtammi aniqlangani xabar qilingan edi.







