Jahon

Emlanishdan bosh tortgan chexiyalik xonanda koronavirusdan vafot etdi

Qo‘shiqchining o‘g‘li onasining o‘limida uni emlanishdan bosh tortishga ko‘ndirgan anti-targ‘ibotchilarni aybladi.

Emlanishdan bosh tortgan chexiyalik xonanda koronavirusdan vafot etdi

 

Dunyoda COVID-19ga qarshi vaksinalarga shubha bilan qarovchilar hali ham ko‘p. Ular emlanishni rad etishadi, vaksinalar samaradorligini inkor qilishadi, eng yomoni, ommani ham ortidan ergashtirishga urinadi.

 

Chexiyalik xonanda Xana Xorka ham shulardan biri edi. U o‘z mamlakatida joriy etilgan karantin cheklovlari sharoitida jamoat joylarida erkin harakatlanish “ruxsatnoma”siga ega bo‘lishni xohladi. Biroq buning uchun yo emlangan yoki kasallikdan sog‘aygan bo‘lishi lozim edi.

 

Xonanda ikkinchi yo‘lni maʼqul ko‘rdi va atayin o‘ziga koronavirus infeksiyasini yuqtirdi. Buning uchun COVID-19 bilan kasallangan qarindoshlari orasida yashadi.

 

Ammo o‘tgan yakshanbada Xana Xorka 57 yoshida ushbu xastalikdan vafot etdi. U o‘limidan bir necha kun oldin, tuzalib borayotgani, hademay teatr, sauna, konsertlar va dengiz sayohatiga borishi mumkinligini yozgan.

 

Qo‘shiqchining o‘g‘li onasining o‘limida uni emlanishdan bosh tortishga ko‘ndirgan anti-targ‘ibotchilarni aybladi.

 

Eron muzokaralardan bosh tortdi: AQSh yetti shartga rozi bo‘lishi kerak

Eron muzokaralardan bosh tortdi: AQSh yetti shartga rozi bo‘lishi kerak

Tehron yangi tajovuzkor harakatlar sodir etilsa, harbiy operatsiyalar geografiyasini kengaytirishga tayyorligini ma’lum qildi.

Rossiyaliklarga Shengen vizasi olish qiyinlashishi mumkin: harbiy guvohnoma ham so‘raladi

Rossiyaliklarga Shengen vizasi olish qiyinlashishi mumkin: harbiy guvohnoma ham so‘raladi

Rossiya armiyasi yoki unga aloqador qurolli guruhlarda xizmat qilgan shaxslar uchun kirish taqiqlanishi mumkin.

Sportchilar va banklarga cheklov: Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 22-sanksiyalar paketini taqdim etdi

Sportchilar va banklarga cheklov: Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 22-sanksiyalar paketini taqdim etdi

Taklif etilayotgan cheklovlar moliyaviy xizmatlar, kriptovalyutalar va energetika sektorini ham qamrab oladi.

Hindistondan Nepalga 1,62 mlrd dollarlik yordam: mablag‘ suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltiriladi

Hindistondan Nepalga 1,62 mlrd dollarlik yordam: mablag‘ suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltiriladi

Tabiiy ofat oqibatida taxminan 1 500 kishi halok bo‘lgan, 5 200 kishi bedarak yo‘qolgan yoki halok bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Istanbulda noqulay ob-havo: 18 ta samolyot boshqa aeroportlarga qo‘ndi

Istanbulda noqulay ob-havo: 18 ta samolyot boshqa aeroportlarga qo‘ndi

Noqulay ob-havo sharoiti, xususan, kuchli rivojlangan kumulonimbus bulutlari samolyotlarning xavfsiz qo‘nishiga to‘sqinlik qilgan.

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyotlari suv, tuproq va havoning keng ko‘lamda ifloslanishiga olib kelib, aholi salomatligi hamda oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirmoqda.

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Gumonlanuvchilar sud qarori bilan hibsga olinib, qamoqqa yuborilgan.

Xitoyda josuslik ishi: davlat sirlarini sotgan amaldor o‘limga hukm qilindi

Xitoyda josuslik ishi: davlat sirlarini sotgan amaldor o‘limga hukm qilindi

Amaldor xorijiy davlatga 100 dan ortiq ma'lumot yetkazgan, ularning 35 tasi davlat siri deb topilgan.