Jamiyat

"Sog‘lom turmush tarzi fasl va joy tanlamaydi"

Andijonda Shakiraning qo‘shig‘iga o‘ynab, badantarbiya qilgan o‘qituvchilar bo‘yicha XTV munosabat bildirdi.

"Sog‘lom turmush tarzi fasl va joy tanlamaydi"

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi maktab o‘qituvchilari ertalabki badantarbiyada Shakiraning qo‘shig‘iga o‘ynagani aks etgan video tarqaldi. Ushbu video tarmoq foydalanuvchilari muhokamasiga sabab bo‘ldi.

 

Xalq taʼlimi vazirligi video bo‘yicha munosabat bildirdi.  

"Ushbu videoning qaysi joyida ko‘zbo‘yamachilik ko‘rdingiz?

Afsuski ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim kanallar tomonidan ushbu videoga "Ko‘zbo‘yamachilikning tubi bormi" deya “taʼrif” berilgan.

Nahotki, inson salomatligi va kayfiyati uchun amalga oshirgan ushbu ritmik badantarbiya mashqi ham biz uchun salbiy taasurot uyg‘otsa?!

Sog‘lom turmush tarzi fasl va joy tanlamaydi. Rivojlangan davlatlarda ham ish kuni mana shunday badantarbiya mashqlari bilan boshlanadi. Bunday kayfiyatda boshlangan kun ish faoliyatida ham o‘zining ijobiy taʼsirini ko‘rsatadi.

Mashqlar o‘qituvchilarga qanchalik kayfiyat bag‘ishlayotganini payqash qiyin emas"-deyiladi XTV munosabatida.

 

Maʼlumot o‘rnida: videoda Andijon viloyati Jalaquduq tuman 1-IDUM xodimlarining ertalabki ritmik gimnastika mashg‘ulotlari aks etgan.

 

Munojat Valiyeva

"Sog‘lom turmush tarzi fasl va joy tanlamaydi" | Zamon.uz