Jahon

Islandiyada sobiq elektr xodimi ikki qo‘l va yelka ko‘chirib o‘tkazilgan birinchi odam bo‘ldi

Uning jigari ham transplantatsiya qilingan.

Islandiyada sobiq elektr xodimi ikki qo‘l va yelka ko‘chirib o‘tkazilgan birinchi odam bo‘ldi



Islandiyalik Feliks Getarsson ikki qo‘li va yelkasi ko‘chirib o‘tkazilgan birinchi odam bo‘ldi. Uning ikkala qo‘li bundan 23 yil oldin amputatsiya qilingan. O‘shanda u elektr ta’minotidan o‘chirilmagan kabelni ushlab, 11 000 volt kuchlanish olgan. 

 

U shifoxonada 3 oy komada yotgan. Shifokorlar Feliksning qo‘llarini avval tirsakkacha kesib tashlashgan, ahvol yomonlashgach, ikki qo‘li va bir yelkasi qisman kesib tashlangan. Feliks o‘ziga kelgach, nogiron bo‘lib qolganini ko‘tara olmagan va ichkilikka berilib ketgan. Buning oqibatida unda jigar sirrozi rivojlangan. Shifokorlar uning jigarini ham ko‘chirib o‘tkazishga majbur bo‘lishdi. 

 


Shundan so‘ng u hayotini o‘zgartirishga kirishdi. Tibbiyotdagi so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun Feliks ingliz tilini o‘rgandi, keyinchalik Fransiyaga ko‘chib o‘tdi. 2021-yilda kutilgan voqea bo‘ldi: Feliksga qo‘ng‘iroq qilib, qo‘llarni ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasiga tayyorgarlik ko‘rishni aytishdi. Operasiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Endi Feliks uzoq muddat reabilitatsiya o‘tashi kerak. U ijtimoiy tarmoqlarda dastlabki natijalarini ko‘rsatmoqda. 

 


Avvalroq dunyoda birinchi marta insonga cho‘chqa yuragi muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazilgan edi.

 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"