Jahon

Shvetsiya ko‘chalarni tozalashning noodatiy usulidan foydalanmoqchi

Unda qarg‘alardan foydalaniladi.

Shvetsiya ko‘chalarni tozalashning noodatiy usulidan foydalanmoqchi

 

Shvetsiyaning "Corvid Cleaning" kompaniyasi qarg‘alarni shahar ko‘chalaridan mayda chiqindilarni oziq-ovqatga almashtirishga o‘rgatish dasturini ishga tushirdi. Bu haqda "Dagens Nyheter" xabar berdi. 

 

Mutaxassislar qushlarga axlat yig‘ishni, ularni maxsus mashinaga solishni o‘rgatishlari kerak, qarg‘alar buning evaziga oziq-ovqat oladi.

 

"Qarg‘alarni o‘rgatish osonroq va ularning bir-biridan o‘rganish ehtimoli katta. Shu bilan birga, bu qushlarning noto‘g‘ri axlat yeyish xavfi kamroq", — degan kompaniya asoschisi Kristian Gyunter-Xanssen.

 

Pilot loyiha amalga oshiriladigan birinchi shahar sifatida Stokgolm yaqinida joylashgan Sedertele shahri tanlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, agar ushbu tajriba ishga tushsa, mahalliy hokimiyat organlarining ko‘chalarni tozalash xarajatlari 75 foizga kamayishi mumkin.

 

Ma‘lumotlarga ko‘ra, har yili Shvetsiya ko‘chalarida milliarddan ortiq sigaret qoldig‘i qoladi, bu barcha chiqindi ulushining 62 foizini tashkil qiladi.

 

Nasiba To'xtayeva

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"