0

O‘zbekistonda quyosh va shamol elektr stansiyalari quvvati 8 000 MVtga yetkaziladi

2025-2026 yillarda Respublika bo‘ylab quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda quyosh va shamol elektr stansiyalari quvvati 8 000 MVtga yetkaziladi

 

2026 yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish evaziga yiliga qariyb 3 mlrd kub metr tabiiy gazni tejashni nazarda tutuvchi Prezident qarori loyihasi tayyorlanadi. Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berishicha unda:

 

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash dasturi ishlab chiqiladi. Unga ko‘ra:

 

1. Umumiy quvvati 4 000 MVt bo‘lgan 8 ta shamol elektr stansiyasi quriladi. Jumladan:

 

— 2023-2024 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 1 600 MVt bo‘lgan 4 ta;

 

— 2025-2026 yillarda Respublika bo‘ylab umumiy quvvati 2 400 MVt bo‘lgan 4 ta shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi.

 

2. Umumiy quvvati 4 000 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi. Jumladan:

 

— 2023-yilda Navoiy, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida jami quvvati 1 100 MVt bo‘lgan 4 ta;

 

— 2024-yilda Buxoro, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida umumiy quvvati 900 MVt bo‘lgan 5 ta;

 

— 2030-yilga qadar quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan kichik hajmdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarining hajmi 1 000 MVtga yetkaziladi.

 

3. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini boshqarish tizimi rivojlantiriladi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"