0

Salkam 11 yarim million so‘mlik pirotexnika ko‘mildi

Shuningdek, 69 dona psixotrop tabletkalar ham yo‘q qilindi.

Salkam 11 yarim million so‘mlik pirotexnika ko‘mildi

 

Bojxonachilar tomonidan pirotexnika vositalari savdosiga qarshi kurash yo‘lida olib borilayotgan keskin choralar o‘z natijasini ko‘rsatmoqda. Aniqrog‘i, hayot uchun xavfli bo‘lgan ushbu vositalarning ko‘plab miqdori aniqlanib, tezda yo‘q qilinmoqda.

Xususan, 2021-yil davomida Samarqand viloyatida ashyoviy dalil sifatida ushlab qolingan qiymati 11 490 000 so‘mlik, jami 15 028 dona turli xil pirotexnika vositalari yo‘q qilindi. Shu bilan birga Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 69 dona psixotrop dori vositalari sudning qarori bilan maxsus komissiya hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida shahar markaziy chiqindixonasida yo‘q qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Salkam 11 yarim million so‘mlik pirotexnika ko‘mildi