Samolyot qulashi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi
Ular geogliflarni tomosha qilishga otlangan bo'lgan.

Voqea Peruning Naska vodiysida sodir bo'lgan. Bu haqda RPP mamlakat transport vazirligiga tayanib xabar berdi.
Halokat paytida samolyot portida Niderlandiya va сhililik sayyohlar bo‘lgan. Samolyot mashhur ekskursiya — geogliflar ustidan parvozga otlangan.
Hozirda aviahalokat sabablari o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Luiziana shtatida vertolyot odam gavjum shossega qulab tushgani haqida xabar berilgandi.
Sharofat Mahmudova







