Jahon

Bill Geyts — yozuvchi

Milliarder pandemiya to‘g‘risida kitob yozdi.

Bill Geyts — yozuvchi

 

Microsoft asoschisi Bill Geyts kelajakdagi pandemiyalarni oldini olish haqida kitob yozdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

 

Kitob "Qanday qilib keyingi pandemiyaning oldini olsa bo‘ladi?" deb nomlanadi. Xabarda aytilishicha, u 2022 yil mayida nashrdan chiqadi.

 

"Kitobda nafaqat keyingi pandemiyalarni to‘xtatish, balki butun dunyoda barcha uchun samarali sog‘liqni saqlash tiziminm yaxshilash bo‘yicha aniq qadamlarni yozganman. Men ushbu pandemiyadan olishimiz kerak bo‘lgan saboqlarni va odamlar hayotini asrab qolish uchun zarur innovatsiyalarni bayon qilaman" — degan Geyts.

 

Shuningdek, milliarder ommaviy sog‘liqni saqlash tizimi rahbarlari, xususan, AQSH bosh infeksionisti Entoni Fauchi va JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus bilan suhbatlarini yoritishga ham vaʼda bergan.

 

Bill Geyts pandemiya borasida doimiy ravishda bir qancha fikrlarni bildirib o‘tgan. Xususan, avvalroq u “omicron” tufayli ko‘pchilikda koronavirusga qarshi immunitet paydo bo‘lishini maʼlum qilgandi.

 

Jahongir Qo‘ziyev

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"