“Milan” Teo Ernandes bilan yangi shartnoma imzoladi
Klub fransiyalik himoyachi bilan 4 yillik kelishuvga erishdi.

Bu haqda taniqli insayder Nikolo Shira o‘zining твиттер sahifasida maʼlum qildi. Klub futbolchining maoshini yiliga 4,5 million yevrogacha oshiradi. Eski kelishuvga ko‘ra, futbolchi uch baravar kam maosh olgan.
Eslatib o‘tamiz, Ernandes 2019-yilning yozida “Real Madrid”dan “Milan” klubiga 21,5 million yevro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsumda himoyachi Italiya A Seriyasida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali fransiyalik himoyachini 48 million yevroga baholamoqda.
Maʼlumot o‘rnida: “Milan” 24 o‘yinda 52 ochko to‘plagan holda Italiya A Seriyasi turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.
Avvalroq, Gared Beylning jismoniy holati haqida maʼlumot berilgani va ingliz jamoalari Kilian Mbappeni tekinga sotib olmoqchi ekanligi haqida xabar qilingandi.
Jamshidbek Amirov







