1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Gared Beylning jismoniy holati haqida maʼlumot berildi

“Real Madrid” klubining uelslik hujumchisi Garet Beyl umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi.

Gared Beylning jismoniy holati haqida maʼlumot berildi

 

Futbolchi 7 dekabr kuni Yevropa chempionlar ligasining “Inter”ga qarshi bahsida ishtirok etishi mumkin.

 

Xabarlarga ko‘ra, Beyl kuni kecha “Real”ning barcha futbolchilari bilan umumiy guruhda shug‘ullangan. Futbolchi bilan Daniyel Seballos individual tarzda mashg‘ulot olib borgan.

 

Shuningdek, katta ehtimol bilan jamoaning asosiy hujumchisi, Karim Benzema “Inter” bilan o‘yinda ishtirok etmasligi mumkin. Karlo Anchelotti fransiyalik futbolchining jarohatdan to‘liq tuzalishini kutmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar musobaqaning “D” guruhidan o‘rin olgan. “Real Madrid” guruhda 12 ochko jamg‘argan holda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ikkinchi o‘rinni esa Milanning “Inter” klubi 10 ochko bilan band etgan.

 

Avvalroq “Nyukasl” Kroos uchun “Real”ga 30 million yevro taklif qilgani va Bekobod shahrida “Real Madrid” futbol akademiyasi ochilgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика