0

Sizni xafa qilganlarni unutmang!

Amerikaning Port-Oranj shaharchasi politsiyasi aholiga noodatiy taklif bildirdi.

Sizni xafa qilganlarni unutmang!

 

Ular sevishganlar kunida arizachining sobiq sevgilisini izlab topib qamab qo‘yishni taklif qilishmoqda.

 

Ammo sobiq sevgilisini hamma ham qamatib yubora olmaydi. Shunchaki, politsiya yaqinlashayotgan sevishganlar kunini qamoq yoki qidiruvga order bo‘lgan, ammo ishlatilmay qolgan holatlar uchun foydalanmoqchi.

 

Shunday qilib, hukumat foydali va yoqimli narsalarni birlashtirmoqchi. Yuragi parchalanganlar ularni xafa qilganni qamoqqa jo‘natib xursand bo‘ladi, yashirinib yurgan jinoyatchi esa jazosini oladi. 

 

“Sevishganlar kuni uchun maxsus taklif cheklangan miqdordagi platina bilaguzuklardan boshlanadi. Haydovchili mashinada olib yurish va kamida bir tunni ajoyib xonada o‘tkazish, buning ustiga Internet tarmog‘iga qo‘yish uchun glamur fototasvirlar ham bizning zimmamizda”, — deyiladi politsiya xabarida.

 

“Sizni kim xafa qilganini unutmang!”, — deyishmoqda Port-Oranj politsiyasi.

Sharofat Mahmudova

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"