0

Ahad Qayum o‘ziga haykal qo‘ymoqchi ekanligini maʼlum qildi

Taniqli prodyuser o‘zini buyuk shaxs deb bilshini aytgan.

Ahad Qayum o‘ziga haykal qo‘ymoqchi ekanligini maʼlum qildi

 

Ijodkorning aytishicha, bu masalada “O‘zbekturizm” bilan maslahatlashishga ham ulgurgan.

 

"2022-yilda o‘zimning haykalimni yasattirmoqchiman va uni shaharning chiroyli joylaridan biriga joylashtirib qo‘ymoqchiman", dedi prodyuser.

 

Boshlovchi Jahongir Xo‘jayev haykallar odatda buyuk shaxslarga qo‘yilishi haqida Ahad Qayumga savol berganida, u o‘zini buyuk shaxs deb hisoblashini bildirgan.

 

Prodyuserning maʼlum qilishicha, haykalni yasattirish 200 million so‘mga tushmoqda.

 

Haykal temirdan yasaladi, uni tayyorlash bilan bir nechta mamlakatdan kelgan haykaltaroshlar shug‘ullanishadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq   amaldorning to‘yiga bormagan xonanda Otabek Mutalho‘jayev “zapret”ga tushgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"