Ta'lim

“Domlaning qizi” ekanimdan faxrlanaman!

Shu bois ham o‘qituvchiga zarra ozor yetsa, dadamga ozor yetgandek g‘azablanaman.

“Domlaning qizi” ekanimdan faxrlanaman!

 

“Domlaning qizi!”

Bu atama menga yoshligimdan meros. Chunki qishloqdagi yoshi keksalar: “sen kimni qizisan”, desa “domlaning qiziman” deya o‘zimni tanishtirardim. O‘qituvchilik kasbining zahmatini his etib ulg‘ayganim uchunmi USTOZ maqomiga zarra ozor yetsa, salkam 40 yil qishning qahratoni, yozning saratonida ham uch qishloq nariga velosipedda qatnab, halol mehnat qilgan qishloqning chapani insoni — dadajonim ko‘z o‘ngimda gavdalanadi. O‘qituvchilik kasbi naqadar ulug‘ligini dadamni tez-tez yo‘qlab keladigan, bundan 30 yil avval maktabni tamomlagan o‘quvchilari nigohidan his etaman... Shu bois ham har doim “domlaning qizi” ekanimdan faxrlanaman.

 

Bugun taʼlimni rivojlantirish va pedagoglarning nufuzini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘qituvchi maqomi yuksaldi. Ularning mehnati rag‘batlantilyapti. Aslida, zahmatli vp mashaqqatli kasbni egallagan insonlarga mana shu ozgina eʼtiborning o‘zi kifoya. Ammo Andijonda ro‘y bergan o‘qituvchilarning qaddini bukayotgan, qadrsizlantirayotgan holatlar barham topmayapti. So‘ralgan uzrlar ularning yaralangan qalbiga malham bo‘la olarmikan?   

 

Bolaga taʼlim-tarbiya berish oson emas. Ayniqsa, bolani telefon ulg‘aytirayotgan hozirgi davrda. Uning sharafli burchi haqida balandparvoz gaplar gapiramiz. Lekin u uchun eng oddiy sharoitlarni yaratib bera olmaymiz. Kezi kelsa, farzandimizga beradigan tarbiyani ular berishadi.

 

O‘qituvchi ulug‘lanayotgan davrda yashayapmiz

 

 

 Isroil Tillaboyev, Respublika taʼlim markazi direktori o‘rinbosari:

— Andijonda yuz bergan voqea, menimcha, bu yerda aniq vakolat va masʼullik bo‘yicha qizil chiziqni qo‘yish vaqti kelganini bildirdi Yaʼni hokimliklar taʼlim bo‘yicha qaysi chegaragacha javob beradiyu, Xalq taʼlimi vazirligi nimalarga javob beradi. Har ikki tomon ham bir-birining ishiga aralashmaydigan aniq mezonni ko‘rsatishi kerak. Deylik, hokimiyatlar maktablarning standartda talab etilgan bo‘yicha moddiy-texnik bazasiga boshi bilan masʼul ekani Prezidenti tomonidan aytildi. Demak, qolgan taʼlim mazmuniga aralashishga hokimiyat organining haqi yo‘q. Undan keyingi har qanday aralashuv taʼlimning ziyoniga xizmat qiladi. O‘qituvchilarning ishdan bezishiga sabab bo‘ladi. Taʼlim mazmuniga esa Xalq taʼlimi vazirligi javob beradi. Har ikki tomon o‘z funksiyasini aʼlo darajada bajarsa, O‘zbekiston taʼlim tizimi yuksaladi! Faqat shundagina islohot samarasini ko‘rish mumkin.

 

Vazirning gaplaridan kuch oldim

 

 

Nigora Tadjibayeva, Bektemir tumanidagi 293-maktab direktori:

— Kuni kecha Andijonda o‘qituvchilarga nisbatan bo‘lgan qo‘pol munosabat va yoqimsiz holat hammamizning yuragimizni larzaga soldi. Ko‘nglimizga mahzunlik cho‘kdi. Chuqur o‘yladim: mana shu o‘qituvchilarni mulzam qilib, uzr so‘rashga majbulagan odamni ham o‘qituvchi o‘qitganku? Mana shu darajaga yetishishida ustozning ham o‘rni borku? Hamma xato qiladi. Tuman hokimi ham xatosini anglab yetdi. Xalq taʼlimi vazirining voqeaga fikr bildirib: O‘qituvchini bunday holatga tushishida, ularni hafa bo‘lishiga yo‘l qo‘ymayman. Men o‘qituvchini har qanday holatda himoya qilaman”, degan gaplari meni ruhlantirdi. Tushkunlik kayfiyatidan qutqardi.

 

Biz o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalashda imkon boricha harakat qilamiz. Prezidentimiz bizni qo‘llab-quvvatlayob, ishonch bildiryaptilar. Biz mana shu ishonchni oqlashimiz kerak!. Kasbimizni hech qachon, hech kim kamsitishi kerak emas.   

 

Xulosa o‘rnida

Yillar davomida taʼlim tizimi xodimlarining turli xil tozalash, dala ishlarida dastyorga aylantirilgani ularning ish sifatiga salbiy taʼsir ko‘rsatib keldi. Prezident tomonidan majburiy mehnatni taqiqlash bo‘yicha tegishli hujjatlar qabul qilinganiga qaramay, joylardagi ayrim mansabdor eski tizimdan chiqolmayapti. Bu kabi ishlarga to‘liq barham berilmas ekan, o‘qituvchining maqomi yuksalmaydi. Uzrvozlikdan cho‘chib yuraveradi.

           

 Bahriniso Madumarova

custom img

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, bir qator sertifikatlarga ega pedagoglar uchun ustamalar belgilandi.

custom img

Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Markaziy Osiyo yagona bilim va innovatsiyalar makoniga aylantiriladi

Samarqandda Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Rim shahrida O‘zbekiston–Italiya oliygohlari rektorlari Ikkinchi forumi bo‘lib o‘tdi

Oliy taʼlim tizimidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 20 dan ortiq shartnomalar imzolandi.

custom img

Endi o‘qituvchilarning shaʼni va qadr-qimmati qonun bilan himoyalanadi

Senatda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

custom img

Test sinovlari uchun ajratilgan binolar soni maʼlum qilindi

2023-2024 o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari respublika bo‘yicha 72 ta binoda bo‘lib o‘tadi.

custom img

Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limlari qisqartiriladi

Bu bo‘yicha maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘i imzolangan.

custom img

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarda imtihon qachon o'tkaziladi?

Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” iga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"