Toshkentda erkak ov miltig‘i bilan hayvonlarni otdi
Holat Mirobod tumanida sodir bo‘lgan.

“Mehr va Oqibat” NNT saytida ov miltig‘i ko‘targan erkak uydan chiqib, nomaʼlum tomonga qarab ketayotgani aks etgan videolavha joylashtirildi. Unda aytilishicha, Mirobod tumanida fuqaro ushbu qurol yordamida ko‘chadagi kuchuk va itlarni otgan.
Biz “Mehr va Oqibat” nodavlat notijorat tashkiloti xodimi bilan bog‘landik. Uning aytishicha, 4 fevral kuni tashkilot nomiga fuqaro M.N ariza bilan murojaat qilib, mushugi kunduzgi 11:30 larda uyga ov qurolidan yaralangan holda qaytgan. Shundan so‘ng u darhol Veterinariya klinikasiga murojaat qilgan. Operatsiya davomida mushuk tanasidan ov militig‘ining o‘qi topilgan.
Oradan maʼlum vaqt o‘tgach, arizachi qo‘shnisi A.I qo‘lida qurol ko‘targan holda uydan chiqib, kuchuk va mushuklarni mo‘ljalga olayotganini ko‘rgan. Buni sababini bilish uchun A.I.ga telefon qilgan. Telefon suhbatida A.I haqiqatan ham mushuk va itlarga o‘q uzganini tan olgan.
Hayvonlarni muhofaza qilish hamjamiyati erkakning ov quroli bilan ko‘chada yurgani aks etgan videoni rasmiy saytiga joylagan.
“Mehr va Oqibat” NNT holat yuzasidan bugun Toshkent shahar IIBBga tekshiruv o‘tkazib, chora ko‘rilishini so‘rab, ariza bilan murojaat qilgan.







