“Kanonirlar”ga hujumchi kerak
“Milan” hujumchisi Rafael Leu faoliyatini Angliya premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Londonning “Arsenal” klubi 22 yoshli futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Goal.gom” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Premyer-liganing bir nechta klublari futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Ammo “kanonirlar” portugaliyalik futbolchi uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda. Ayni paytda milanliklar futbolchini qo‘yib yuborishni istamayapti.
Eslatib o‘tamiz, Leau 2019-yildan beri Italiya klubida o‘ynab kelmoqda. U “Milan”ga “Lill” safidan 29,5 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi. Futbolchining “rossoneri” bilan shartnomasi 2024 yilning iyunigacha amal qiladi. Transfermarkt maʼlumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 35 million yevroni tashkil qilmoqda.
Maʼlumot o‘rnida: Italiya A Ceriyasining joriy mavsumida hujumchi 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, Anchelotti David Luizni “Real”ga taklif qilgani va “Tottenhem” klubida koronavirus tarqalgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







