Samarqandda xonadondan ko‘p miqdordagi giyohvandlik moddasi topildi
Gashish giyohvandlik moddalarining umumiy og‘irligi 2 kg. 58 gr.ni tashkil qiladi.

Samarqand shahrida IIB xodimlari xonadonida 2 kilogrammdan ortiq gashish giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgan shaxsni qo‘lga olishdi.
2022-yilning 14-fevral kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 5-son IIB tezkor xodimlari tomonidan Samarqand shahar Spitamen Shox ko‘chasida yashovchi 1971-yilda tug‘ilgan, A.J. to‘xtatilib, tekshirilganda, yonida gashish giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan.
Shundan so‘ng, fuqaroning yashash uyida tintuv tergov harakati o‘tkazildi. Uning yotoqxonasidagi javonining tagidan paketga o‘ralgan taxminiy vazni 1 kg. bo‘lgan gashish giyohvandlik moddasi hamda ikki dona 0.5 litrli maxsus yasalgan yelim idish, bir dona giyohvandlik moddalarini isteʼmol qilish uchun mo‘ljallangan moslama, har-xil o‘lchamdagi gashish giyohvandlik moddalari hamda paketga o‘ralgan 1 kg.dan ziyod gashish giyohvandlik moddalari borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tez yordam haydovchisi katta miqdordagi giyohvand moddalar bilan qo‘lga tushgani hamda Toshkent viloyatida uzum ostiga yashirilgan katta miqdordagi giyohvand moddalar aniqlangani haqida xabar berilgandi.







