Shomurodov koronavirusga chalindi
U keyingi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.

“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov va yarim himoyachi Genrix Mxitaryan koronavirusga chalingani aytilmoqda. Bu haqda Italiyaning “Romapress.net” nashri xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, futbolchilar 18-fevral kuni yakkalash tartibiga o‘tkazilgan. Ular “Roma”ning Italiya A Seriyasi 26-turi doirasidagi “Verona”ga qarshi bahsida maydonga tusha olmaydi. Bundan tashqari, jamoa yetakchilaridan biri Nikola Dzanyola ham jarohati sababli “Verona”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin. Manchini va Ibanyesning ham maydonga tushishi so‘roq ostida ekani aytilgan.
Avvalroq, yil qahramonlari taqdirlangani va Eldor Shomurodov osiyolik eng qimatbaho futbolchilar o‘nligidan joy olgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







