“Men ularning yonida bo‘lishim kerak”
Aguero JCH-2022da Argentinaga yordam bermoqchi.

Kataloniyaning “Barselona” klubining 33 yoshli sobiq futbolchisi Serxio Aguero Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida terma jamoaga yordam berishga va murabbiylar shtabiga kirishga tayyor ekanligini aytdi.
“Men Qatardagi jahon chempionatiga boraman. Shu hafta terma jamoa bilan uchrashuvimiz bo‘ladi. Men u yerda bo‘lishni xohlayman. Murabbiylar shtabiga kirishga tayyorman. Allaqachon bosh murabbiy Lionel Skaloni, shuningdek, futbol federatsiyasi prezidenti Klaudio Tapiya bilan suhbatlashdim. Agar jahon chempionatiga chiqsam, yigitlar bilan birga bo‘laman, mashg‘ulotlarda qatnashaman. Men ularning yonida bo‘lishim kerak”, — deya “Goal” nashri Agueroning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Serxio Aguero o‘tgan yili yuragidagi muammo sabab futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.
Avvalroq, Riyod Mahrez bo‘ydoqlar safidan chiqqani va “Barselona” klubi norozichilik boshlangani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







