Jamiyat

O‘zbekiston ipak mahsulotlari BAA va mintaqa bozoriga eksport qilinadi

Savdo-sanoat palatasi boshchiligidagi delegatsiyada Samarqandda faoliyat ko‘rsatayotgan “Kumush tola” korxonasi rahbari Maryam Niyozova ham qatnashdi.

O‘zbekiston ipak mahsulotlari BAA va mintaqa bozoriga eksport qilinadi

 

O‘zbek ipak matolari, tayyor tekstil mahsulotlari, to‘qimachilik matolari, bolalar kiyimlar va boshqa mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

 

Mazkur uchrashuvlarda Kattaqo‘rg‘on tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan “Kumush tola” korxonasi rahabari Maryam Niyozova ipakli matolar, ipakli ko‘rpalar va tayyor gilamchalari bilan qatnashmoqda. “Kumush tola”ning ipakli tayyor mahsulotlariga ishtirokchilar katta qiziqish bildirdi.

 

Tashrif davomida Dubay shahrida tekstil sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan B2B uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

 

Mazkur uchrashuvlar Eksportni qo‘llab-quvvatlash agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, B2B uchrashuvlarda ikki mamlakatdan jami 90 ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston ipak mahsulotlari BAA va mintaqa bozoriga eksport qilinadi | Zamon.uz