Farg’ona vodiysida elektr ta’minoti vaqtincha uzilishi mumkin
Vazirlikka ko’ra, bugun hududda ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Bugun vodiy viloyatlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 20 fevral kuni soat 09:30 dan 16:00ga qadar Farg‘ona vodiysini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli L-503 elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan vodiyning ayrim hududlarida ushbu vaqt oralig‘ida elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.








