O'zbekiston

Ishlashimizga xalaqit bermang – Jahongir Ortiqxo’jayev

Toshkent shahar hokimi jamoatchilikka murojaat bilan chiqdi.

Ishlashimizga xalaqit bermang – Jahongir Ortiqxo’jayev

 

Instagram sahifasida Jahongir Ortiqxo’jayevning jamoatchilikka qaratilgan ochiq xati e’lon qilindi. Unda hokim Komil Allamjonov bilan o’rtalaridagi munosabatga ham to’xtalib o’tgan.

 

“Assalomu alaykum barchaga. Oxirgi 3–4 kunda mening atrofimda bo‘layotgan mavzular va men bilan Komil Allamjonov o‘rtasida qandaydir xabarlarni tarqatayotgan, holatni bo‘rttirib, yolg‘on xabar qo‘shib, ijtimoiy tarmoqqa sizdirilayotgan, tasdiqlanmagan axborotlar keng muhokamalarga sabab bo‘layotgani ortidan yozishga ahd qildim. Aslida, e’tibor bermasdan, vaqtimni ketkizmasdan, bunday uydirmalarga ahamiyat bermasdan yuraman. Lekin tinimsiz bo‘lgan qo‘ng‘iroqlar sabab holatga shaxsan aralashishni joiz deb topdim.

 

Men bilan Komil Allamjonov o‘rtasida hech qanday sovuqchilik yo‘q, biz hech qachon matbuot urushi qilmaganmiz, bu sohada tajribam yo‘q. Munosabatlarimiz doim ochiq va samimiy bo‘lgan, kuniga 3–4 marta telefonlashib, xabarlashib, hurmatli Prezidentimiz oldida, shu yurt oldida qanday vazifalarimiz, majburiyatlarimiz bo‘lsa, maslahatlashib, fikr almashib, tajriba almashib turamiz. Kecha Prezidentimizning Toshkent shahriga tashriflarida ikkimiz yonlarida bo‘lib, o‘zimizga tegishli vazifalarni olib kelmoqdamiz. Buni barcha rasmiy fotolardan ko‘rishingiz mumkin.

 

Biz amaldorlar xalq xizmatidamiz. Prezidentimiz bizni bir oila kabi ishlab kelishimizni ta’kidlab keladilar. O‘zbek xalqida bir gap bor — agar oiladagi farzandlar o‘rtasida ziddiyat bo‘lsa, bu oila boshining ishonchi yo‘qolishiga olib keladi. Kelinglar, boshni bir yoqadan chiqarib, davlatimizga, xalqimizga, oilamizga va oila boshining topshiriqlarini halol ado etishga kuchimizni sarflaymiz.

 

Qolaversa, bizning oramizga kim qanday maqsadda bunday tushunmovchiliklar, sovuqchiliklar solmoqchi bo‘lgani, buning ortida qanday manfaatlar yotgani menga qorong‘i. O‘shalarga birgina gapim bor: ishlashimizga xalaqit bermanglar. Bunday uydirmalarga ishonmasligingizni va qimmatli vaqtingizni bunday arzimas narsalarga ketkazmasligingizni iltimos qilib qolardim. Sizlarga katta rahmat!” deb tugallangan xat.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ishlashimizga xalaqit bermang – Jahongir Ortiqxo’jayev | Zamon.uz