O'zbekiston

Bola qalbining oppoq daftariga “inson” so‘zini yozish faqat o‘qituvchilarga berilgan

31 yildan beri boshlang‘ich sinflarga dars berib kelayotgan pedagog Zilola Imomovaning bolalarda qo‘rquv hissini yo‘qotish haqidagi fikrlari.

Bola qalbining oppoq daftariga “inson” so‘zini yozish faqat o‘qituvchilarga berilgan

 

Hozirda uchinchi sinf o‘quvchilariga dars beraman. Sinfimda 20 nafar bola bor. Ularning biri-birinikini takrorlamas o‘z dunyosi va xarakteri bor. Imkon qadar ularning ismini birma-bir aytib chaqiraman. Chukni bu o‘quvchi nazdida unga bo‘lgan e’tibor.

 
Aslida, o‘quvchilarim bilimli, qobiliyatli bolalar. Ular berilgan topshiriqlarni imkon qadar puxta tayyorlashga harakat qilishadi. Ammo, tan olish kerak, ba’zida she’r yodlashga yoki misol-masalalar yechishga qiynalishadi. Berilgan topshiriqni chala bajarib kelishadi. Shunday kezlarda imkon qadar darsdan so‘ng olib qolib alohida shug‘ullanaman. Agar bu kabi holat qayta-qayta takrorlansa ota-onasini dars kuzatuviga taklif qilaman. Farzandining o‘zlashtirishi va darsdagi faolligini ko‘rgan ota yoki ona bolasiga alohida e’tibor bilan qaraydi. Shu bois o‘quvchilarim kelajagi uchun ham har doim ota-onalar bilan ishlashga alohida e’tibor qilaman. 

 

 

Besh barmoq barobar emas, deganlaridek, bolalar ham bir xil emas. Biri aytgan gapingizni birdan uqadi. Biri qayta-qayta tushuntirishdan so‘ng, ba’zilarining esa o‘zlashtirishi sust. Bolaga fikrini erkin bayon qilishga imkon berilmas ekan, unda vaqt o‘tgan sari kamchiliklar ko‘rina boshlaydi. Tortinchoq, uyatchan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham bolaga erkinlik kerak. 


Misol uchun, bolalardan she’rni tushunishni emas, yodlashni, ifodali o‘qishni talab qilamiz. Aslida she’r, bu – tushunish degani. Bugun bolalarni ifodali o‘qishga o‘rgatyapmizu, she’rning ma’nosini tushuntirib berishga o‘rgatolmayapmiz.

 

 

Aksariyat bolalar darslarini telefondan foydalanib qiladi. Agar bola ko‘p kitob o‘qisa, uning nutqi rivojlanadi.  Balki har qanday davrada fikri noto‘g‘ri bo‘lib qolishidan uyalmaydi. Shu bois bolalarni ko‘proq kitob o‘qishga jalb qilishimiz zarur. Albatta, bu bir o‘qituvchining zimmasidagi vazifa emas. Ota-ona bilan hamkorlikda qilinadigan muhim vazifalaardan biridir. 


1-2 sinf bolalarida qo‘rquv hissi kuchli bo‘ladi. Bunday bolalardagi qo‘rquvni yengish uchun ularning boshini, yelkasini silab, peshonasidan o‘pib, qo‘llaridan ushlab dalda berish lozim. Qattiq gapirsangiz yoki qat’iy jazo qo‘llasangiz battar qo‘rqib qolishadi. Qo‘rquv bilan olingan bilim uzoqqa bormaydi. Tez esdan chiqib ketishi mumkin. Bola o‘zi qiziqib darsga kirishsa, uy vazifalarini bajarsa, yutuq — o‘shaniki.

 

Zilola Imomova,

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi 42-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi,

“Xalq taʼlimi aʼlochisi” va “Shuhrat” medali sohibasi

custom img

5 yoshli qizaloqning oilasi boshqa shaharga ko‘chiriladi — Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari oilaga zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatilayotganini bildirdi.

custom img

“Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi” — Saida Mirziyoyeva Namanganda 5 yoshli qizcha zo‘rlangani haqida

Bunday jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotgani bildirildi.

custom img

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi ortidan mojaro: 32 yoshli erkakni kaltaklab o‘ldirgan besh kishi qamaldi

Ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Namangan bog‘chasidagi jinsiy zo‘ravonlik: jinoyat ishi prokuraturaga o‘tkazildi

Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

custom img

Bog‘chadagi jinsiy zo‘ravonlik holati: Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan bog‘chalarda bolalar xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish talab qilindi.

custom img

Samimiy murojaat: Muhammedaliga Prezident maktub va sovg‘a

Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida Muhammedali ismli bolaning Prezidentga samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi.

custom img

Farg‘onada MIB orqali fermerdan 99 mln undirildi

Maʼlum bo‘lishicha, fermer xo‘jaligining 25 ta ijro hujjati bo‘yicha soliq qarzi mavjud bo‘lgan.

custom img

Qoraqalpog‘istondagi reydda 523 ta avtomashina jarima maydoniga joylashtirildi

Maʼlum bo‘lishicha, ularning 2,6 mlrd so‘mlik jarimalari mavjud.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"