O'zbekiston

Profilaktika inspektoriga murojaat qilish osonlashadi: yangi tartib belgilandi

Fuqarolar ushbu tizim orqali kunning istalgan vaqtida inspektorlarga bevosita xabar yuborishi mumkin bo‘ladi.

Profilaktika inspektoriga murojaat qilish osonlashadi: yangi tartib belgilandi

 

Vazirlar Mahkamasi 2026-yil 25-noyabr kuni mahallalarda profilaktika inspektorlari faoliyatini tashkil etish va ularni aholiga yaqinlashtirishga qaratilgan ikkita qaror qabul qildi.

 

639-sonli qarorga muvofiq, 2027-yil 1-fevraldan fuqarolarga kunning istalgan vaqtida profilaktika inspektorlari bilan tez va to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish imkonini beruvchi aloqa tugmalari taqdim etiladi. Buning uchun mahallalardagi profilaktika inspektorlari xonalari eshiklari tashqarisiga maxsus tugmalar o‘rnatiladi.

 

Tasdiqlangan nizomga ko‘ra, fuqarolar ushbu tugmalar orqali inspektorlarga xabar yuborishi mumkin. Inspektorlar esa murojaatlarni “Elektron materiallar” axborot tizimi orqali ko‘rib chiqadi, fuqarolardan og‘zaki tushuntirishlar oladi hamda tegishli qarorlarni elektron shaklda rasmiylashtiradi va tasdiqlaydi.

 

Bunda ichki ishlar organlarining qisqa raqamlari hamda “112” yagona dispetcherlik xizmati orqali murojaat qilishning amaldagi tartibi saqlanib qoladi.

 

Shuningdek, 640-sonli qaror bilan huquqbuzarliklar haqida xabar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi. Unga ko‘ra, mas’ul davlat idoralari, ta’lim va tibbiyot tashkilotlari o‘z faoliyati davomida aniqlagan huquqbuzarliklar haqida ichki ishlar organlari hamda Inson ijtimoiy yordam markazlariga xabar berishi belgilandi.

 

Xususan, ayollarga nisbatan ta’qib va zo‘ravonlik, 16 yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlarning turmush qurishi hamda homilador bo‘lishi holatlari haqida xabar berish tartibi joriy etiladi.

 

Nizomda huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi xabarlarni rasmiylashtirish, ularni real vaqt rejimida “112” yagona dispetcherlik xizmati orqali “E-material” elektron tizimiga uzatish tartiblari ham belgilangan. Bu majburiyat tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha ta’lim, madaniyat, sport va tibbiyot tashkilotlariga tatbiq etiladi.

 

Har ikki qaror 2026-yil 25-noyabrda qabul qilingan va shu kuni kuchga kirgan.

Birinchi sinfdan boshlangan zo‘ravonlik: ota qizini yillar davomida zo‘rlab kelgan

Birinchi sinfdan boshlangan zo‘ravonlik: ota qizini yillar davomida zo‘rlab kelgan

2010-yilda tug‘ilgan qizga otasi tomonidan yillar davomida jinsiy zo‘ravonlik qilingani aniqlandi.

Markaziy bozor faoliyati to‘xtatildi: yong‘in xavfsizligi talablari buzilgan

Markaziy bozor faoliyati to‘xtatildi: yong‘in xavfsizligi talablari buzilgan

Savdo maskani aynan qaysi sanada qayta ish boshlashi hozircha nomaʼlumligicha qolmoqda.

Choponlar orasiga yashirilgan gashish: Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi

Choponlar orasiga yashirilgan gashish: Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi

Andijon va Surxondaryo viloyatlarida yirik miqdordagi giyohvandlik moddalari savdosiga chek qo‘yildi.

Miya qon quyilishi va falajlik: Turkiyada og‘ir ahvolga tushgan ayol vatanga qaytarildi

Miya qon quyilishi va falajlik: Turkiyada og‘ir ahvolga tushgan ayol vatanga qaytarildi

Istanbuldagi shifoxonalardan birida davolanayotgan o‘zbekistonlik ayol ukasi hamrohligida O‘zbekistonga olib kelindi.

Toshkentning uchta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi: manzillar ma’lum qilindi

Toshkentning uchta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi: manzillar ma’lum qilindi

Hududlarda gaz taqsimlash punktini demontaj qilish ishlari olib boriladi.

O‘zbekiston aholisi: o'rtacha yosh bo'yicha hududlar orasidagi tafovut ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston aholisi: o'rtacha yosh bo'yicha hududlar orasidagi tafovut ma’lum bo‘ldi

Ma’lumotlar aholini ro‘yxatga olish natijalari asosida qayta hisoblangan.

Chorvachilikni rivojlantirish: qo‘shimcha 400 ming tonna go‘sht yetishtirish rejalashtirilmoqda

Chorvachilikni rivojlantirish: qo‘shimcha 400 ming tonna go‘sht yetishtirish rejalashtirilmoqda

2030-yilgacha ozuqa yetishtirish hajmini 90 mln tonnaga yetkazish, 100 dan ortiq ozuqa markazini tashkil etish va chorvachilik uchun yangi subsidiyalar joriy qilish taklif etildi.

Hududlarda 81 trln so‘mlik loyihalar amalga oshiriladi: 320 mingta ish o‘rni yaratiladi

Hududlarda 81 trln so‘mlik loyihalar amalga oshiriladi: 320 mingta ish o‘rni yaratiladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha kichik biznesning bandlikdagi ulushini 80 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.