O'zbekiston

Birinchi sinfdan boshlangan zo‘ravonlik: ota qizini yillar davomida zo‘rlab kelgan

2010-yilda tug‘ilgan qizga otasi tomonidan yillar davomida jinsiy zo‘ravonlik qilingani aniqlandi.

Birinchi sinfdan boshlangan zo‘ravonlik: ota qizini yillar davomida zo‘rlab kelgan

 

Jizzax viloyatining Zomin tumanida voyaga yetmagan qizga nisbatan uzoq yillar davomida jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani aniqlandi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning Zamon.uz'ga ma’lum qilishicha, 2010-yilda tug‘ilgan qizga otasi 2017-yildan, ya’ni u birinchi sinfda o‘qib yurgan davridan boshlab zo‘ravonlik qilgan.

 

Qiz 2026-yil oktabr oyida ushbu holat yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan va gumonlanuvchi erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Tergovga ko‘ra, erkak qizning murojaatidan taxminan bir oy oldin — 11-sentabr kuni Rossiyaga chiqib ketgan. Sud qarori bilan unga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

 

Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hozirda voyaga yetmagan qiz Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi markazda bo‘lib turibdi.

 

Shuningdek, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ham holat yuzasidan munosabat bildirgan. Maktabda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida direktor o‘rinbosari va amaliyotchi psixologga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llangan.

Diplomatik yordam samarasi: 53 yoshli o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Diplomatik yordam samarasi: 53 yoshli o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

U murakkab vaziyatga tushib qolgani sababli Bosh konsulxonaga yurtga qaytishda ko‘mak so‘rab murojaat yo‘llagan.

Profilaktika inspektoriga murojaat qilish osonlashadi: yangi tartib belgilandi

Profilaktika inspektoriga murojaat qilish osonlashadi: yangi tartib belgilandi

Fuqarolar ushbu tizim orqali kunning istalgan vaqtida inspektorlarga bevosita xabar yuborishi mumkin bo‘ladi.

Markaziy bozor faoliyati to‘xtatildi: yong‘in xavfsizligi talablari buzilgan

Markaziy bozor faoliyati to‘xtatildi: yong‘in xavfsizligi talablari buzilgan

Savdo maskani aynan qaysi sanada qayta ish boshlashi hozircha nomaʼlumligicha qolmoqda.

Choponlar orasiga yashirilgan gashish: Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi

Choponlar orasiga yashirilgan gashish: Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi

Andijon va Surxondaryo viloyatlarida yirik miqdordagi giyohvandlik moddalari savdosiga chek qo‘yildi.

Miya qon quyilishi va falajlik: Turkiyada og‘ir ahvolga tushgan ayol vatanga qaytarildi

Miya qon quyilishi va falajlik: Turkiyada og‘ir ahvolga tushgan ayol vatanga qaytarildi

Istanbuldagi shifoxonalardan birida davolanayotgan o‘zbekistonlik ayol ukasi hamrohligida O‘zbekistonga olib kelindi.

Toshkentning uchta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi: manzillar ma’lum qilindi

Toshkentning uchta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi: manzillar ma’lum qilindi

Hududlarda gaz taqsimlash punktini demontaj qilish ishlari olib boriladi.

O‘zbekiston aholisi: o'rtacha yosh bo'yicha hududlar orasidagi tafovut ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston aholisi: o'rtacha yosh bo'yicha hududlar orasidagi tafovut ma’lum bo‘ldi

Ma’lumotlar aholini ro‘yxatga olish natijalari asosida qayta hisoblangan.

Chorvachilikni rivojlantirish: qo‘shimcha 400 ming tonna go‘sht yetishtirish rejalashtirilmoqda

Chorvachilikni rivojlantirish: qo‘shimcha 400 ming tonna go‘sht yetishtirish rejalashtirilmoqda

2030-yilgacha ozuqa yetishtirish hajmini 90 mln tonnaga yetkazish, 100 dan ortiq ozuqa markazini tashkil etish va chorvachilik uchun yangi subsidiyalar joriy qilish taklif etildi.